Alisher navoiy va boburning musiqaga oid qarashlari


Download 472.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana31.01.2023
Hajmi472.08 Kb.
#1146142
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
alisher-navoiy-va-boburning-musiqaga-oid-qarashlari

 
818 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
bilur erdi va faqir musiqiy fanida aning shogirdimen. Ko’proq o’z she’rig`a musiqiy 
bog`lar erdi. «Isfahon» amalini, bu baytig`a bog`labturkim:
Rasid mavsumi shodiyu ayshu tarab,
Agar gado ba murodi dile rasad chi ajab»[1,46].
Shoirning ta’kidlashicha, Xoja Yusuf Burhon shoir bo’lishi barobarida musiqani 
yaxshi egallagan. Qolaversa, o’z she’rlarini kuyga solgan. “Isfahon” kuyi shoir baytiga 
bog`langan. Navoiyga ham u bu borada ustozlik qilgan. Keyingi musiqa namoyandasi: 
“Mavlono Riyoziy –samarqandlig`dur. Ilmi musiqiy va advor va nujum va istixroji 
ramal va g`ayri zolika hech nimarsadin benasib emas erdi” [1,54]. Mavlon Riyoziy ham 
bir qator fanlar qatori musiqadan ham xabardor bo’lgan. Ma’lumki, Navoiyning 
tog`alari ziyoli, ijodkor insonlar bo’lishgan. Ulardan biri Muhammad Ali bo’lib, 
G`aribiy taxallusi bilan ijod qilgan. Navoiyning yozishicha: “Ul ham faqirg`a tag`oyi 
bo’lur erdi. Ko’proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xub erdi. Musiqiy ilmidin 
ham xabardor erdi”[1,62]. E’tibor berilsa, Muhammad Ali G`aribiy musiqani yaxshi 
egallagan, bir necha sozlarni chala olgan.
Navoiy asarning uchinchi majlisda Mavlono Solimiy haqida shunday yozadi: 
“Iroq mulkining odamzodalaridindur. Yana sozlardin ud va tanbur ham o’rgandi va 
musiqiyda ham tasniflar bog`ladi [1,76]. Demak, Mavlono Solimiy ud va tanbur singari 
cholg`u asboblarini mahorat bilan chalgan ham o’zi yangi kuylar kashf etgan. 
Kitobning to’rtinchi majlisida bir qator ijodkorlar haqida kuzatishlar mavjud 
bo’lib, shulardan to’rt nafari musiqa bilan ham shug`ullanishgan. Jumladan: “Pahlavon 
Muhammad Go’shtigirkim, ...musiqiy va advor ilmida davrining benaziridur [1,108]. 
E’tibor berilsa, Navoiy Pahlavon Muhammad Go’shtigirning musiqa nazariyasi, advor, 
ya’ni sharq musiqasining eski nota usulini yaxshi bilgan. Hofiz Muhammad Sultonshoh 
esa xushxon hofiz bo’lgan [1,118]. Xoja Kamoliddin Husayn, Xoja Abdulloh Sadr kabi 
shoirlar ham musiqa ilmini yaxshi egallab, bu sohada shuhrat qozonishgan [1,132]. 
“Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida Mir Habibulloh degan ijodkorning 
ud chalishga ustaligi ta’kidlangan [1,140]. 
Ko’rinadiki, mutafakkir Alisher Navoiy o’z davrining juda ko’p fan sohalaridan 
xabardor etuk bilimdoni sifatida ijod ahliga o’z munosabatini bildirgan. Yuqorida tilga 
olganimiz o’ndan ziyod shoirlarning musiqa ilmi, nazariyasi, Sharq musiqasi 
notalaridan yaxshi bilganlari, musiqa asboblarini mahorat bilan chalganliklari, o’z 
she’rlariga kuy bastalaganlari bilan bog`liq qimmatli ma’lumotlar XV asrda musiqa 
fanining rivojlanganligini ko’rsatadi. Qolaversa, o’sha davr ijodkorlariga xos muhim 
fazilat shunda ediki, ular ijodi musiqa bilan yanada mukammallik kasb etgan. 
Navoiyning “Majolis un-nafois” asaridan tashqari badiiy asarlari sahifalarida ham 
musiqaga, musiqa asboblariga oid ilmiy qarashlar o’z ifodasini topgan. Buyuk 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 472.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling