Bilmam, qanday ayol bo’lgan
Alisherning onasi.
Balki
uning aqliga ham
Lol qolgan zamonasi.
Balki uning ko’zlarida
Bolgan og’ir bir xayol
Balki g’amgin
bir zotdir u
Balki sho’xchan bir ayol.
Balki buyuk farzandiga
Terib
kelgan chechaklar
Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar.
Mayliga, u kim bo’lmasin
Yolg’iz bir so’z ma’nosi.
Alisherning
onasi u
Navoiyning onasi!
(shu o’rinda Alisher bilan mehribon volidasining suhbat jarayoni tasvirlangan kichik sahna ko’rinishi namoyish etiladi)
Onasi:Alisherbek , siz endi katta bo’lib
qoldingiz, saboq olishga borursiz. Tog’alaringiz davrasida o’tirib eshitgan va mening aytgan o’gitlarimni unutmassiz. Axir sizdan otangizning umidlari katta, o’glim.
Alisher:
- albatta, onajon, sizning har bir so’zingiz, ertaklaru o’gitlaringiz har doim qulog’im ostida jaranglab turur.
Onasi:Alisher yoshligidan kitob bilan do’stlashadi. Mutolaa va ilm olishni o’zining sevimli mashg’ulotio deb biladi.
Avtor :Ilgari zamonda G’iyosiddin –Kichkina degan odamning Alisher ismli o’g’li bo’lgan ekan. Bola yoshligidan ziyrak bo’lib o’sibdi. U yetti yoshga to’lganda, she’rlar yoza boshlabdi. Odamlar u yozgan she’rlarni quloq berib tinglaydigan bo’lishibdi. Lekin bola yozgan she’rlarining tagiga o’z nomini nima deb qo’yishini bilmas emish.
Alisher bir kuni yangi she’rini yozib tugatibdi-da, boqqa chiqib uni baland ovozda o’qiy boshlabdi:
Alisher:G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.\
Oltin
qafas ichra, gar qizil gul bitsa,
Bulbulg’a tikandek oshyon bo’lmas emish.
Avtor:Yosh shoirning goh qo’ng’iroqday
jarangdor, goh tong shamoliday mayin ovozi bulbulni o’ziga maftun etibdi. Qushcha darhol uning yelkasiga qo’nibdi-
Do'stlaringiz bilan baham: