Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja
Download 474.89 Kb.
|
Marosim folklori-fayllar.org
"Bormasmiz" g'azali. Furqatning har bir latif g'azalida sof muhabbat madhi, beqarorlik va bevafolikka nafrati, tabiatning go'zal tasviri ifodalanar ekan, undagi tagma'no jamiyat va hay-otning ko'p masalalariga borib taqaladi. Shuningdek, shoir ijodida insoniy qadr-qimmat, milliy g'urur va millatning yuksak sha'nini himoya qiluvchi she'rlar ham uchraydi. "Bormasmiz" radifli g'azali aynan shu masalada. Shu o'rinda ta'kidlash lozimkir mazkur g'azal musalsal g'azalning go'zal namunasidir. Ya'ni tubanda biz tahlilga tortgan she'r musalsal g'azal talablariga ko'ra, g'azal tarkibidagi lirik voqea, manzara, fikr va kechinmalar satrlar silsilasida darajama-daraja rivojlanib, o'sib boradi. G'azal shunday boshlanadi:
Biz istig'no elir qichqirmag'on mavog'a bormasmiz, Адат chandiki xirman aylasa dunyog'a bormasmiz. Matla'ning mazmunidan, chaqirilmagan joyga bormaymiz degan ma'noni anglaymiz. Biroq bu shunchaki gap emas, o'ziga ishongan, o'z g'ururi va sha'nini baland tutgan, izzati nafs tuyg'usi yuqori bo'lgan nazari to'q "ahli istig'no"ning taklif qilinmagan joyga mol-dunyodan xirmon yig'ilsa-da bormaslik haqidagi qat'iy qarori edi. Faqat mol-dunyogina emas: Адат lab tashna qolsak, filmasal sahroyi olamda, Malolat zohir etsa, mavj uran daryog'a bormasmiz. Har agarki, olam sahrosida tashnalikdan, suvsizlikdan lablar qurib qolsa-yu oldimizdan mavj urib turgan daryo chiqsa, daryoga zarracha malol kelganimizni bilib qolsak, shu daryoga bormaymiz. Keyingi baytlarda matla'dagi g'oyaviy mazmun tadrijiy takomillashadi. 3 —4-baytlar matla'da vasf etilgan "istig'no eli" darajadagi kamolatga erishgan kishilarning yetukligini shunday dalillaydi: Umid etgonimiz, aksar saodat bo'tai haqdin, Agarchi mis erurmiz qimmati tillog'a bormasmiz. Hamisha lof urarmiz xalq aro Farg'ona mulkida, Bag'oyat tab'imiz ozoda deb, har joyg'a bormasmiz. Ko'rinadiki, asar qahramonlari harna saodatga erishishda Haqdan o'zgaga umidvor bo'lmaydilar, o'zlari "mis" bo'lsa-da, "tilla"ning orzumandi bo'lmaydilar, ularning ta'bi nozik, har joyga-da boravermaydilar. Ayniqsa, she'rdagi "mis", "tillo" istioralari lirik qahramonning maqsadini yanada oydinlashtiradi. Navbatdagi baytda shoir zukko mushohada qiladi, shoir nazdida insonni ma'naviy kamoloti uchun tuzoq bo'lguvchi man-manlik va xudbinlik illati har qanday insoniy munosabatlarga hamisha rahna solib kelgan. Ular loyga botgan kibrlilar. Kibrlilarning turar joyi esa "maskani a'do", ya'ni "yovlar, dushmanlar maskani". Va albatta, bunday maskanda zarofat — zariflik, halimlik, xushta'blik qay ahvolda bo'lishi tayin. Shunday ekan: Havo loyig'a botgan manmanlik do'sti xudbinkim, O'shandog' kam zarofat maskani a dog'a bormasmiz. Bu baytda Furqatning san'atkorligi yaqqol seziladiki, ikkala misradagi tasvir va tavsif chunonam bir-biriga esh va chambarchars bog'liq. Shoir bunda tanosub san'atining nodir imkoniyatlaridan foydalanib, sabab va oqibatning dialektik tanosubiga erishadi. Birinchi misra bayt mazmunidagi sababni ifodalasa, ikkinchi misra oqibatini anglatadi. Shoir mazkur baytdagi zukko mushohadani quyida teran hayotiy o'git bilan davom ettiradi. Baytda shoirning o'ziga va o'zi kabilarga taskin-o'git aralash murojaati, xitobi tarzida bitilgan. Ma'lumki, tarixda Iskandar beqiyos boylik va davlat egasi bo'lgan, ammo rixlat qilar chog'ida bu dunyodan hech narsa olib ketolmagan. Demak, qissadan hissa shuki, qo'ldagi "g'araz dunyo", boylik — bular bari o'tkinchi, ammo qalb boyligi insonni abadiy rohatga eltguchidir. Tubandagi baytda shu pandnoma ta'kid yanada qat'iylashgan, yetakchi mavzu yangicha qirralarda ochilgan, shoir maqsadi sodda va samimiy berilgan: Biz ellar — faqr elimiz, parcha nong'a sabr aylarmiz, G'araz dunyo uchun Iskandar-u Dorog'a bormasmiz. Keltirilgan bayt Furqatning yuksak badiiy san'atiga, misraga tizilgan har bir so'z imkoniyatlarini bosh maqsad - g'oyaga to'la-to'kis xizmat ettirish mahoratiga yaqqol misol bo'la oladi. Baytdagi qo'llangan musajja' - ichki qofiyalar, talmih (mashhur tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, afsonalar, adabiy asarlar va ularning qahramonlariga ishora) va sifatlashlar konkret holatda jiddiy ma'naviy vazifani bajaradi, g'oyani ta'kidlab, holatning mohiyatini chertib ko'rsatadi, o'quvchi shoirning maqsadini, fikrini, tuyg'usini yorqinroq tasavvur qiladi, shuningdek, she'r ohanggiga shiddat va sur'at baxsh etib, uni xitob, hayqiriq darajasiga ko'taradi. Nihoyat, so'nggi bayt, so'nggi nido. Matla'da boshlangan xitob, hal qilingan qaror maqta'gacha izchil rivojlandi, g'oyaning tadriji yakun topdi, shoir o'z hukmida qat'iy qoldi: Download 474.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling