Alisher navoiyning ilmiy merosi. Adabiyotshunoslik va tarixiy asarlari


Download 91.92 Kb.
bet7/8
Sana31.03.2023
Hajmi91.92 Kb.
#1313174
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI. ADABIYOTSHUNOSLIK VA TARIXIY ASARLARI

Kishiga bo‘lsa ko‘kka chiqmoq fan, Ne asig‘, ko‘rsa oqibat madfan.
Biz mazkur asardagi payg‘ambarlar bilan bog‘liq an'anaviy voqealarni “Qisasi Rabg‘uziy” va “Shajarayi turk” kabi turkiy tilda yaratilgan boshqa ko‘plab asarlarda ham uchratamiz. Umuman olganda, Alisher Navoiyning “Tarixi anibiyo va hukamo” asari din tarixiga bag‘ishlangan muhim ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan manba bo‘lish bilan birga ilmiy nasrning yorqin namunasi bo‘lib, muallif asarda din tarixi hamda yunon falsafasi bilimdoni sifatida namoyon bo‘ladi.
Asar yuzasidan adabiyotshunoslardan B.Valixo‘jayev va T.G‘ofurjonova ilmiy izlanishlar olib borgan.
Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” (“Arab bo‘lmagan shohlar tarixi”) asari o‘z davri nuqtai nazaridan ilmiy dalillarga asoslangan risola hisoblanadi. Asarda Eron va Turon mulkida hukmronlik qilgan to‘rt sulola: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar tarixi batafsil hikoya qilinadi.
An'anaga muvofiq tarix Odam Ato (a.s.) davriga bog‘liq ravishda talqin qilinadi. Alisher Navoiy mazkur asarda Abdulxayr Nasiriddin Abdulloh bin Umarning “Nizom ut-tavorix”, Banokatiyning “Jome' ut- tavorix” va “Devon un-nasab”, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G‘azzoliyning “Nasihat ul-muluk”, peshdodiylar podshosi Hushangga nisbat beriluvchi “Jovidoni xirad”, Bu Ali Miskavayhning “Odob ul-arab va al-furus”, Hamdulloh Mustavfiy Qazviniyning “Tarixi guzida”, Sharafiddin Ali Yazdiyga nisbat beriluvchi “Muntaxab” kabi manbalardan foydalanadi va ko‘plab ma'lumotlarni shu asarlaridan olganini aytib o‘tadi. Risolada shoirlardan Abulqosim Firdavsiy va uning “Shohnoma”siga ko‘proq murojaat qilinadi. Navoiy Iskandar haqidagi qissada xamsanavislar Xusrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviylarning qarashlarini ham keltirib o‘tadi.
Alisher Navoiy masalaga nuktadon muarrix – tarixchi olim sifatida yondashar ekan, har bir ma'lumotning aniq va asosli bo‘lishiga alohida e'tibor qaratadi.
Alisher Navoiy peshdodiylar sulolasiga mansub 11, kayoniylar sulolasidan 9, ashkoniy sulolasidan 15, sosoniylar sulolasidan 28, jami to‘rt suloladan 63 hukmdorning nomlari, ularning tarjimai holi, hayoti va yuritgan siyosatiga doir ma'lumotlarni taqdim etadi. Deyarli har podshoh qissasidan keyin an'anaga muvofiq “she'r” nomi ostida qissa mazmuniga uyg‘un baytlar ilova qiladi. Bundan tashqari, to‘rt sulola hukmdorlari haqidagi qissalarning so‘ngida ham umumiy yakunlovchi masnaviylar mavjud.
Alisher Navoiy mazkur asarida tarixga oid juda qiziqarli va ahamiyatli ko‘plab ma'lumotlarni beradi. Balx, Bobil, Nishopur, Marv, Samarqand va yana o‘nlab shaharlarni bunyod qilgan shohlar, Navro‘z bayramining kelib chiqishi, ro‘zaning paydo bo‘lishi, butparastlikning sabablari bilan bog‘liq voqealar shular jumlasidandir.
Navoiy shohlar haqida so‘zlar ekan, adolatli sultonlarni olqishlaydi, ularning xayrli taqdirini mamnuniyat bilan hikoya qiladi. Masalan, peshdodiylar sulolasining vakili Hushangni “xiradmand va odil va olim podshoh erdi” deb ta'riflar ekan, uning birinchilardan bo‘lib mamlakatni ilm va qonun bilan boshqarishga uringani, “Jovidoni xirad” nomli asar bitgani, toshdan temir chiqargani, yog‘ochdan uylarga eshik yasagani, ariqlar chiqarib, yurtni obod qilgani, shaharlar barpo qilgani va doim ibodatda bo‘lganligi haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, Navoiy asarda ba'zi podshohlarning ayanchli kechmishiga ibrat nazari bilan boqishga undaydi. Masalan, Jamshid haqidagi hikoyada shoh Jamshid dastlab adolatli hukmdor bo‘lganligini, ko‘plab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganligini, 40 minordan iborat binolar bitgach, katta bazm uyushtirib, o‘sha kun “Navro‘z” deb atala boshlaganligi haqida ma'lumot berib, keyinchalik Jamshidning o‘z qudratiga ishonib, kibr-u havoga berilganligini va odamlardan o‘ziga sig‘inishini talab qilganligini, oqibatda ayanchli o‘lim topganligini aytib o‘tadi.
Alisher Navoiy No‘shiravoni Odil haqida ma'lumot berar ekan, uning sosoniylar sulolasiga mansub o‘n to‘qqizinchi hukmdor ekanligini, otasining ismi Qubod bo‘lganligini aytib, No‘shiravonning adolatiga alohida urg‘u beradi va bir qator mashhur hikoyatlarni ilova qiladi. Hikoyatlardan birida aytilishicha, No‘shiravon davrida bir kishi bog‘ sotib oladi. Bu bog‘dan xazina topib olgach, bog‘ sotgan kishining oldiga borib, oltinlarni unga bermoqchi bo‘ladi. Bog‘ni sotgan odam: “Bog‘ga qo‘shib, yerni va undagi hamma narsani senga sotganman, oltinlar senga tegishli”, deb javob beradi. Ularning bu “mojarosi” No‘shiravonning qulog‘iga ham yetib boradi va u ikki kishini chaqirib, quda bo‘lishni va xazinani barpo etilajak yangi oilaga berishni maslahat beradi. Bu hikoyatda hukmdor adolatli bo‘lsa, xalqda ham insof-u iymon bo‘ladi, degan falsafiy xulosa mavjud.
Alisher Navoiy Iskandar haqida to‘xtalar ekan, uning tarixi ixtilofli ekanligini aytadi va garchi u kayoniylar sulolasi vakili sifatida keltirilsa- da, bu borada ham turli taxminlar mavjud, deb ta'kidlaydi. Shoir Iskandar va uning tug‘ilishi, nasl-nasabi to‘g‘risida fikr yurita turib, Xusrav Dehlaviyning “Oyinayi Iskandariy” va Nizomiy Ganjaviy “Iskandarnomasi”dagi ma'lumotlarni o‘zining “Saddi Iskandariy”sida keltirgan ma'lumotlari bilan qiyoslaydi. O‘rtadagi farqlarni aytib o‘tadi. Samarqand, Hirot, Marv va Isfahonni Iskandar bunyod qilgani bilan bog‘liq ma'lumotlarni ham keltirib o‘tadi.
Navoiy nomlarini keltirgan 63 hukmdor ichida uch ayol podshoh ismi ham tilga olingan bo‘lib, ulardan biri kayoniylarning oltinchi hukmdori Humoy yoki Humondur. U kayoniylar hukmdori Bahmanning ayoli bo‘lib, shoh vafot etganda homilador edi. Bahman jon berish paytida tojini ayolining qorniga qo‘yadi va olamdan o‘tgach, arkoni davlat Humoyni podshoh qilib ko‘taradi. Humoy o‘g‘il farzand ko‘rgach, saltanatga mehri zo‘rligi yoki o‘g‘lining xavfsizligini o‘ylab, uni sandiqqa solib daryoga oqizadi va sandiqqa o‘g‘lining podshohzoda ekanini anglatuvchi yoqutlarni ham soladi. Taqdir taqozosi bilan o‘g‘li ulg‘ayib, onasini topadi. Humoy unga davlat boshqaruvini topshiradi.
Alisher Navoiy tilga olgan keyingi ikki ayol podshoh sosoniylarning 27- va 28-hukmdorlari Turonduxt va Ozarmduxtdir. Shoir ularning taxtga chiqishi va hukmdorlik davri bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni keltiradi. Bu ikki ayol podshoh opa-singil bo‘lib, 23-podshoh Xusrav Parvizning qizlari edi.
Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asari orqali tarix bilimdoni qiyofasida namoyon bo‘ladi. Asardagi yuzlab geografik nomlar, ko‘plab shaxslarning ismi sharifi hamda voqealarning keltirilishi muallifning kuchli xotirasidan ham darak beradi.
Asarning xotimasi masnaviy tarzida bo‘lib, 50 baytdan iborat. Unda Navoiy bevosita Shoh G‘oziy – Sulton Husayn Boyqaroga murojaat qiladi. Uning adolati va saxovatini, inson sifatidagi yuksak xulqini madh qiladi. Shohni yagona javharga qiyoslaydi va shuning uchun ham unga “Nazm ul-javohir” asarini bag‘ishlab yozganini aytadi. Va aynan Husayn Boyqaro tarixini bitish niyati borligini bildiradi:
Vale azmim emdi budurkim Xudoy Agar bo‘lsa umrumg‘a muhlatfizoy. Chekib turfa tarixingga xomani, Qilib nuktag‘a tez hangomani.
Shu tariqa xotima-masnaviyning so‘nggi baytlarida Navoiy shohsiz jahonga omonlik bo‘lmasligini aytib, Husayn Boyqaroga yaxshi tilaklar
bildiradi, duosini yo‘llaydi va o‘zi ham duolardan umidvor ekanini aytib, asarni yakunlaydi.
Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” asari buyuk mutafakkirning tarixchi olim sifatidagi yana bir muhim qirrasini ochish bilan birgalikda Sharq xalqlarining tarixidan kengroq xabardor bo‘lish imkoniyatini beradi.

  • tazkira

  • muammo amallari

  • a'moli tahsiliy

  • a'moli takmiliy

  • a'moli tasxiliy

  • ta'lif

  • isqot

  • qalb

  • majlis

  • azharu mina-sh-shams

  • sharif fan

  • juzv

  • rukn

  • asl ruknlar

  • tarmoq ruknlar

  • yengil va og‘ir sabab

  • birikkan va ajralgan vatad

  • katta va kichik fosila

  • asl rukn

  • usul

  • zihof

  • furu'

  • aruz doiralari

  • doirai mo‘talifa

  • doirai muxtalifa

  • doirai muntazia

  • doirai muttafiqa

  • doirai mujtamia

  • bahr

  • matbu' vaznlar

Download 91.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling