+ - Aynan shu davrdan hujjatlarni fondni tashkil etuvchiga topshirish va ulardan foydalanishning dastlabki turi vujudga keldi. Sen-Mor-de-Fosse abbatligi nizomida XIII asrdayoq eski hujjatlardan foydalanishni cheklash va ulardan foydalanuvchining ismi ko‘rsatilishi talab etildi. Ammo, hujjatlar saqlovini ta’minlash masalasi to‘liq hal etilmagan edi. Hujjatlarga talabning kuchayishi bilan bir qatorda, ko‘pincha ularning soxtalashtirilishini oldini olish maqsadida yo‘qotish amaliyoti ham uchrab turgan. Rivojlangan o‘rta asrlarda Fransiyada arxiv ishi va arxivshunoslik amaliyotiga bir qancha o‘zgarish hamda yangiliklar kirib keldi. XV asrda eruditlar kolleksiyalariga ko‘plab qadimgi qo‘lyozmalar va kodekslar, qisman monastir arxiv va kutubxonalarining hujjatlari kirgan. Mazkur hujjatlar bilan ishlashda (Injil, ilohiyot va huquq matnlari bo‘yicha) birinchi alfavit-predmet ko‘rsatkichlar tashkil etildi. X–XI asrlarda ayrim birodarlik jamiyatlarida ro‘yxatlar tuzilgan va foydalanilgan hujjatlar hisobi yuritilgan. Monastirlardagi arxivlarni tashkil etish amaliyoti shahar va qirollik hukumatida ham keng qo‘llanila boshladi. Masalan, 1320-yilda Filipp V Uzun (1316–1322-yy.) P.D’Etampni xartiyalar xazinasini saqlovchi etib tayinlaydi. U birinchi bo‘lib arxiv ro‘yxatini tuzib chiqadi.
1578-yilda davlat kotibiyati huzurida “Davlat qog‘ozlari arxivi” (yoki “Davlat hujjatlari arxivi”) Tyudorlar sulolasi va uning vorislari, shu jumladan tashqi siyosat va mustamlakachilik ishlari bo‘yicha muhim hujjatlar to‘plangan. Angliyada “Davlat qog‘ozlari arxivi” materiallari ikki bo‘limgi bo‘lingan: 1578-yilda davlat kotibiyati huzurida “Davlat qog‘ozlari arxivi” (yoki “Davlat hujjatlari arxivi”) Tyudorlar sulolasi va uning vorislari, shu jumladan tashqi siyosat va mustamlakachilik ishlari bo‘yicha muhim hujjatlar to‘plangan. Angliyada “Davlat qog‘ozlari arxivi” materiallari ikki bo‘limgi bo‘lingan: Davlat hujjatlari. “Huquqiy hujjatlar” bo‘limiga, eng avvalo, Vestminster, Tauer, O‘ramlar kapellasidagi eng qadimgi hujjatlar kirgan. Masalan, “Dahshatli sud kitobi” (1086-yil), “Erkinlikning buyuk xartiyasi” (1215-yil), qirol farmonlari, turli xatlar va yorliqlar bo‘limning asosiy materiallari hisoblangan. - “Huquqiy hujjatlar” bo‘limiga, eng avvalo, Vestminster, Tauer, O‘ramlar kapellasidagi eng qadimgi hujjatlar kirgan. Masalan, “Dahshatli sud kitobi” (1086-yil), “Erkinlikning buyuk xartiyasi” (1215-yil), qirol farmonlari, turli xatlar va yorliqlar bo‘limning asosiy materiallari hisoblangan.
- Davlat hujjatlari bo‘limida XVI–XVIII asrlarda Angliyaning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim hujjatlar saqlanadi. Ushbu hujjatlar, xususan, Britaniya floti, dengizda kemalarning suzishi (dengizda kema yuritish san’ati), savdo va mustamlakachilik ekspansiyasi haqidagi materiallar jamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |