aminokislotadan iborat oqsilni kodlovchi DNK fragmentidagi nukleotidlar sonini va
DNKning uzunligini aniqlang.
Yechim:
1) 1 ta Aminokislotani ------ 3 ta nukleotid ko’dlaydi
90 ta Aminokislotani ------ x=
270 ta
(i-RNK dagi nukleotidlar)
2) i-RNK ga nisbatan DNK da ikki barobar ko’p nukleotid bo’ladi:
270x2=
540 ta
nukleotid DNK da mavjud.
3) DNK ni uzunligini topish uchun DNKdagi umumiy nukleotidlar sonini 2 ga bo’lamiz va
0,34 nm ga ko’paytiramiz: (540/2)x0,34=
91,8 nm
(DNK ni uzunligi)
Javob: DNK da 540 nukleotid, DNK ni uzunligi 91,8 nm
8-BILET
1. Hujayralar evolutsiyasi. Eukariot hujayralarning kelib chiqishida simbioz va
invaginatsiya gipotezasining mohiyatini yoritib bering.
Hujayralar evolutsiyasi.
Paleontologiya dalillariga ko‘ra, prokariot hujayralar bundan 3,5
mlrd. yil avval paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Birmuncha murakkab tuzilishga ega
bo‘lgan eukariot hujayralar prokariotlardan kelib chiqqan deb faraz qilinadi. Bu taxminlarni
tushuntiruvchi bir qator gipotezalar mavjud.
SIMBIOZ GIPOTEZASI:
Simbioz - ikki va undan ortiq turlarning birgalikda yashashidir.
Simbiotik munosabatlar:
Xlorella infuzoriyalar sitoplazmasida fotosintez jarayonini amalga oshiradi va xo'jayin
hujayrani ozuqa moddalar bilan ta‘minlaydi.
Simbioz gipotezasiga ko'ra:
Eukariot hujayra bir-biri bilan simbiot holda yashovchi hujayralardan kelib chiqqan
Mitoxondriya va xloroplastlar prokariot hujayra sifatida paydo bo`lgan va keyinchalik
simbioz yashash tufayli organoidga aylangan
Fikrlari:
Mitoxondriyalar aerob prokariotlardan kelib chiqqan deyiladi.
ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH
Do'stlaringiz bilan baham: |