Alixonov ziyodullo akbaraliyevich ‘’alixonov akademiyasi’’ telegram:+998 93 788 16 56


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana09.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1473585
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
BIOLOGIYA 9 SINF 2023 \'\'ALIXONOV AKADEMIYASI\'\'

 
19-BILET 
1. Tuban va yuksak o‘simliklar tuzilishi, xilma-xilligi, o‘simliklarning tabiat va inson 
hayotidagi ahamiyatini aytib bering. 
Тuban o‘simliklar 
organik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan. Ular suvli 
muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan.Evolyutsiya jarayonida uncha 
rivojlanmagan va hozirgi davrgacha ba’zi birlari sodda tuzilishini saqlab qolgan. Тuban 
o‘simliklar bir hujayrali, koloniya hosil qiluvchi va ko‘p hujayrali organizmlar hisoblanib, 
tanasi to‘qima va organlarga ajralmagani uchun ularning tanasi qattana yoki tallom deb 
ataladi. 
Yuksak o‘simliklar 
evolutsion jihatdan ancha yosh hisoblanadi. Ko‘pchilik yuksak 
o‘simliklarda poya, barg va ildiz kabi vegetativ organlari rivojlangan, shuningdek, 
to‘qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. Ular poyabargli o‘simliklar deb ataladi. 
O‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. 
O‘simliklar qoplami biosferada 
hayotni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. U yerning gazlar almashinuvi, suv muvozanati, 
iqlimiga ta’sir etadi, tuproqning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Tuproqni yemirilishdan 
saqlaydi. Hayvonot dunyosining yashashini belgilab beradi. O‘simlik biologik doirada 
moddalarning aylanishida, ya’ni atmosfera — tuproq — tirik organizm tizimida faol ishtirok 
etadi. O‘simliklar atrof-muhit tozaligini saqlashda nihoyatda katta ahamiyatga ega. 
O‘simliklar dunyosi turli xomashyolar (oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor, qurilish 
materiallari va hokazolar) manbaidir. Inson qadimdan yovvoyi o‘simliklardan o‘z 
ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanib kelgan. Natijada tabiiy o‘simliklar qoplami doimo 
buzilgan, foydali o‘simliklarning zaxiralari esa kamayib borgan. 
 
2. Berilgan rasmdagi yurak tuzilishining raqamlar bilan ko‘rsatilgan qismlari 



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling