ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH
‘’ALIXONOV AKADEMIYASI’’ TELEGRAM:+998 93 788 16 56
78440/2800=28 mol glyukoza parchalangan (78400kj energiya anaerob va aerob
bosqichlarida hosil bo’lgan )va 40 kj energiya birinchi bosqichda hosil bo’lgan.
20-BILET
1. Keltirilgan to‘pgul sxemalariga mos ta’rifni bering. Ushbu sxema tuzilishiga mos
keluvchi gullar nomini aniqlang.
1. Oddiy soyabon - Soyabon to'pgulida joylashgan gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan
gulpoyaning uchki qismida joylashadi, masalan, piyozda.
2. So’ta - Yo'g'on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan to'pgul so'ta deyiladi.
Masalan, makkajo'xorining urug'chili gullari so'tada to'plangan.
3. Murakkab shingil - Murakkab shingil to'pguli asosiy gulpoyada joylashgan shingillar
(nastarin, tok)dan yoki boshoqchalar (makkajo'xorining changchili gullari, sholi, suli)dan
iborat
4. Oddiy shingil - Shingil to'pgulda gullar uzun gulpoyada gulbandlari yordamida navbat
bilan joylashadi. Masalan, karam
5. Oddiy boshoq - Zubturumning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi.
Bunday to'pgul oddiy boshoq deb ataladi.
6. Qalqoncha - Olma, nok, gilos, olchaning to'pguli oddiy qalqonsimon boʻladi.
Qalqoncha to'pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan
joylashadi. Gulpoyaning pastki qismidagi gullarning bandi yuqoridagilarga nisbatan
uzunroq boʻlgani uchun gullarning yuqori qismi bir xil tekislikda boʻladi
7. Boshcha - Sebarganing gullari kalta va yo'g'on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon
shakldagi bosh (kallak)cha to'pgulni hosil qiladi.
8. Savatcha -
Gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to'p- gul savatcha
deyiladi. Savatchani tashqi tomondan oʻrama barglar o'rab turadi. Masalan, kungaboqar,
qoqio't kabi osimliklarning gullari savatcha to'pgulga o'rnashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |