ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH
‘’ALIXONOV AKADEMIYASI’’ TELEGRAM:+998 93 788 16 56
24-BILET
1.
Genotipik va fenotipik o‘zgaruvchanlikni misollarda tushuntiring.
FENOTIPIK (MODIFIKATSION) OʻZGARUVCHANLIK
Har bir organizm tashqi muhitning ma'lum sharoitlariga mos ravishda yashaydi va
rivojlanadi.
Ularga tashqi
muhit omillari - harorat, namlik, ozuqa miqdori va sifati o'z ta'sirini
ko'rsatadi. Shu bilan birga u o'z turidagi boshqa organizm va turlarga mansub bo'lgan
organizmlar bilan oʻzaro munosabatda bo'ladi.
Bu omillar organizmning fiziologik, morfologik xususiyatlarini
hamda fenotipini
oʻzgartirishi mumkin.
Himolay quyonining yelkasidagi oq junlarni yulib tashlab, o'sha joyga sovuq ta'sir etilsa,
qora jun oʻsib chiqadi. Bordi-yu, shu qora junlarni olib tashlab issiq belbog' bogʻlansa, yana
oq jun o'sib chiqadi.
Himolay quyonlarini 30°C da boqilsa, uning hamma juni oq rangda boʻladi.
Normal
sharoitda o'stirilgan ikkita ana shunday oq quyonlar aylodida,
pigmentlarning tarqalishi
odatdagidek bo'ladi.
Ozuqa yetishmasa yoki ota-onaga spirtli ozuqa berilsa, tug'ilgan
quyonchalar chala
boʻlib, rivojlanishi sust bo'ladi. Tashqi muhit ta'sirida belgilarning oʻzgarishi nasldan-naslga
o'tmaydi.
MUTATSION (GENOTIPIK) OʻZGARUVCHANLIK
Organizm genotipining o'zgarishi bilan boradigan va bir nechta avlodlarda saqlanadigan
oʻzgaruvchanlik irsiy (mutatsion) oʻzgaruvchanlik deyiladi.
Ba'zan bular aniq koʻzga tashlanadigan o'z garishlar boʻlib, ularga:
kalta oyoqli
qoʻylarning paydo boʻlishi, tovuqlarda patning bo'lmasligi, mushuk barmoqlarini ayri
boʻlishi, pigmentlarning boʻlmasligi (albinizm), odamlarda barmoqlarning kalta boʻlishi va
ko'p barmoqlilik (polidaktiliya) kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
To'satdan vujudga keladigan va qat'iy ravishda nasldan-naslga o'tadigan oʻzgarishlar
natijasida xushbo'y no'xatning
kalta poyali navlari, qat-qat tojibarg hosil qiladigan
o'simliklar belgilar paydo bo'lgan.
Genetik materialning irsiy o'zgarishiga MUTATSIYALAR deyiladi.
Mutatsiyalar gen yoki xromosomaning tuzilmasini o'zgarishi tufayli hosil boʻladi va tur
ichidagi xilma-xillikning birdan-bir manbayi boʻlib xizmat qiladi.
Mutatsiyaning namoyon bo'lish xarakteriga koʻra: dominant va retsessiv bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: