4-BILET
1. Biologiya fanining vazifasi, obyekti, o‘rganish usullari va biologiya fanining
kompleks fan ekanini izohlab bering.
Biologiyaning asosiy vazifasi
, hayot mohiyati, uning tuzilish darajalari, shakllari,
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
Biologiyaning o‘rganish obyekti bu
– viruslar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar,
o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, ularning organ, to‘qima, hujayra tarkibi, hujayralarda
kechadigan jarayonlar hamda organizmning shaxsiy va tarixiy rivojlanishi, hamjamoalari,
ularning o‘zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi.
Biologiyaning ilmiy-tadqiqot usullariga:
kuzatish, taqqoslash, tarixiy, eksperimental
usullari kiradi.
Biologiya
– sitologiya va genetika, evolutsion ta’limot, ekologiya, paleontologiya,
embriologiya, molekular biologiya, biokimyo, biofizika, biogeotsenologiya hamda
tabiatshunoslikning boshqa sohalaridagi bilimlar asosida shakllangan kompleks fandir.
2. Hayvonlarda urug‘lanish jarayoni va partenogenezni misollarda tushuntiring.
Hayvonlarda urug‘lanish jarayoni:
Ko‘pgina suv hayvonlari, jumladan, baliqlar va suvda
hamda quruqlikda yashovchilarda urug‘lanish bevosita suv bilan bog‘liq. Bu hayvonlar
ko‘payish davrida juda ko‘p tuxum hujayra va spermatozoidini suvga chiqaradi. Suv orqali
spermatozoid tuxum hujayra ichiga kirib uni urug‘lantiradi. Bu jarayonga tashqi urug‘lanish
deyiladi. Quruqlikda yashaydigan hayvonlarda esa ichki urug‘lanish kuzatiladi.
Urug‘lanish jarayonida avval spermatozoid tuxum hujayraga yaqinlashadi, uning bosh
qismidagi fermentlar ta’sirida tuxum hujayra qobig‘i erib, kichik teshikcha paydo bo‘ladi.
Bu teshikcha orqali spermatozoid yadrosi tuxum ichiga kiradi. Keyin har ikkala gametaning
Do'stlaringiz bilan baham: |