ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH
‘’ALIXONOV AKADEMIYASI’’ TELEGRAM:+998 93 788 16 56
Tahminlarga ko`ra hujayraviy shakllari bilan birgalikda rivojlangan hujayraning maxsus
irsiy elementlari hisoblanadi.
Virusli kasalliklar:
Gripp, Quturish, Sariq kasalligi(gepatit), Ensefalit, Qizilcha, Qizamiq, Oqsil kasalligi.
Viruslarning umumiy tuzilishi:
Oqsil kapsid
Irsiy axborot (DNK yoki RNK)
2.
Gulli o‘simliklardagi qo‘sh urug‘lanish jarayoni ifodalangan quyidagi rasmda
raqamlar va ularga tegishli qismlar nomlarini aniqlang, jarayonni izohlab
tushuntiring.
1- Changchi. 2-Changdon. 3-Chang donalari. 4-Chang donachasining kesimi. 5-Urug‘chi.
6-Urug‘kurtak. 7-Murtak xaltachasi. 8-Markaziy hujayra. 9-Tuxum hujayra.
10-Endosperm. 11-Maysa. 12-Chang nayi. 13-Spermiya.
Yopiq urug‘li o‘simliklarda erkak gametalari chang donachasida yetiladi. Chang donachasi
ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning
yirigi vegetativ hujayra,
maydasi esa
generativ hujayra deyiladi. Vegetativ hujayra o‘sib uzun,
ingichka naychani vujudga
keltiradi. Generativ hujayra vegetativ naycha ichida ikkiga bo‘linib,
ikkita spermiy hosil
qiladi. Chang naychalari tez o‘sib, urug‘chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga kiradi
va tuguncha tomon yo‘naladi. Chang naychalari turli tezlikda o‘sadi. Lekin shulardan faqat
bittasi boshqalaridan o‘zib ketib, tuguncha ichidagi urug‘kurtakka
yetib boradi va uning
ichiga kiradi. Spermiyning biri tuxum hujayra bilan qo‘shilib
zigota hosil qiladi,
undan
murtak rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: