Alkadienlar (Dien uglevodorodlar). Gomologik qatori, Olinishi. Kauchuk. Tabiiy kauchuk
Download 0.67 Mb.
|
Alkadienlar (Dien uglevodorodlar). Gomologik qatori, Olinishi. K
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Gidrogenlash.
Kimyoviy xossalari
Izolyatsiyalangan yoki ajratilgan qo‘shbog‘li diyenlar alkenlar xossalarini namoyon qiladi. 1,3-Alkadiyenlar uchun esa birikish va polimerlanish reaksiyalari xos. Ularning birikish reaksiyalarida 1,2- va 1,4-birikish mahsulotlari hosil bo‘ladi. Birikish mahsulotlarining nisbati alkadiyenlarning tuzilishi, reaksiya harorati, erituvchining qutbliligi va reagentning tabiatiga bog‘liq. 1.Gidrogenlash. 1,3-Alkadiyenlarni katalitik gidrogenlaganda alkenlar va alkanlar hosil bo‘ladi: 2.Elektrofil reagentlarning birikishi. 1,3-Alkadiyenlarga vodorod galogenidlar, galogenlar va boshqa elektrofil reagentlar birikkanda 1,2- va1,4-birikish mahsulotlarining aralashmasi hosil bo‘ladi: 3,4-dibrom-1-butentrans-1,4-dibrom-2-buten 3-brom-1-buten 1-brom-2-buten 1,3-Butadiyenga bir mol bromning birikish reaksiyasi 80Cda CCl4 eritmasida olib borilsa, 80% 1,2- birikish va 20% 1,4-birikish mahsuloti, 40oCda esa aksincha, 20% 1,2-birikishva 80% 1,4-birikish mahsuloti hosil bo‘ladi. Xuddi shuningdek, 1,3-butadiyenga vodorod bromidning birikish reaksiyasi 40Cda olib borilsa, 80% 1,4- birikish va 20% 1,2-birikish mahsuloti, 80Cda esa aksincha 80% 1,2- birikishva 20% 1,4-birikish mahsuloti hosil bo‘ladi. 1,3-Alkadiyenlarga elektrofil reagentlarning birikishi ionli (elektrofil) va radikal mexanizmlarda borishi mumkin. Bu mexanizmlarni 1,3-butadiyenga bromning birikishi misolida ko‘rib chiqamiz. Bromning elektrofil mexanizm bo‘yicha birikishida dastlab uning musbat zaryadlangan (kation) qismi 1,3-butadiyen molekulasidagi bitta qo‘shbog‘ning p-elektronlariga hujum qilib, beqaror -kompleks (I)ni hosil qiladi. -Kompleks tezlik bilan allil tipidagi to‘yinmagan oraliq karbokationga aylanadi. Bu karbokationning tuzilishini II a va Iib rezonans formulalar bilan tasvirlash mumkin. Brom anioni to‘yinmagan karbokationning 2-uglerod atomiga birikib1,2-, 4-uglerod atomiga birikib 1,4-birikish mahsulotini hosil qiladi: 3,4-dibrom-1-buten 1,4-dibrom-2-buten 66% 34% Iia va Iib rezonans formulalar bir-biridan faqat elektronlarning joylashishi bilangina farq qiladi. Bu strukturalar alohida-alohida emas, balki, -elektronlari va zaryadi delokallashgan nisbatan barqaror oraliq (mezomer) kation holida mavjud bo‘ladi, degan fikrlar ham bor: mezomerkation Brom anioni C2 gabiriksa, 1,2-birikishmahsuloti, C4 gabiriksa 1,4-birikish mahsuloti hosil bo‘ladi. 1,3-Butadiyen gabromning radikal birikishida asosan 1,4-birikish mahsuloti hosil bo‘ladi: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling