Alkanlarning dastlabki ta vakilini izomerlarini yozib: a nechtadan izomeri borligini aniqlang, b sistematik,ratsional nomlang c geksan izomerlaridagi 1lamchi, 2lamchi, 3lamchi va 4lamchi uglerodlar sonini toping 2
Organik sintezda katalizator sifatida ishlatiladigan moddani belgilang. A)AlCl3 B)ZnCl2 C)NaCl D)CaCl2 51
Download 1.64 Mb.
|
Organika masalalari
50.Organik sintezda katalizator sifatida ishlatiladigan moddani belgilang.
A)AlCl3 B)ZnCl2 C)NaCl D)CaCl2 51.Alkadiyenlar tarkibidagi elektronlar sonini hisoblash formulasini keltiring A)8n+2 B)10n-2 C)14n-2 D)8n-2 52. Izopren bilan tabiiy kauchuk o`rtasida bog`liqlikni kim aniqlagan? A) Makintosh B) Snaudinger C) Tilden D) Shamsiddin 53. Kauchukni amaliyotda ishlatishni topgan va kauchuk eritmasida shimdirilgan gazmoldan suv o`tkazmaydigan buyumlarni ishlab chiqarishni kim yo`lga qo`ygan? A) Makintosh B) Broun C) Ber D) Odil 54. 1942 – yil tabiiy kauchuk izoprenni polimerlash mahsuloti ekanligi va uning to`liq tuzilishini kim aniqlagan? A) Broun B) Ber C) Gallen D) Shtaundinger 55. Butadiyen – 1,3 molekulasi uchun xos bo`lgan javoblarni tanlang. 1) gibridlangan orbitallar soni 12 ta ; 2) gibridlanmagan orbitallar soni 10 ta; 3) qutbli bog`lar soni 6 ta ; 4) qutbsiz bog`lar soni 6 ta 5) sp2 – s qoplanishlar soni 6 ta; 6) sp2 – sp2 qoplanishlar soni 4 ta A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 6 D) 2, 4, 6 56. Geksadiyen molekulasida nechta sp3 – s bog`lanish bo`lishi mumkin? A) 4 yoki 5 yoki 6 yoki 7 yoki 9 B) 2 yoki 3 yoki 4 yoki 5 yoki 6 C) 2 yoki 3 yoki 5 yoki 6 D) 4 yoki 5 yoki 6 yoki 7 yoki 8 57. Alkadiyenlar tarkibidagi sigma bog`lar soni qaysi formula orqali hisoblab topiladi? A) 3n – 1 B) 3n+2 C) 3n – 2 D) 3n – 3 58.
Jadvaldan foydalanib 1 mol alkadiyen tarkibidagi m(C):m(H) ni hisoblang. A) 8:1 B) 15:2 C) 9:1 D) 7,5:1 59. 0,2 mol butan degidrogenlanganda o`rtacha molyar massasi 23,2 g/mol bo`lgan buten – 1, trans – buten – 2, sis – buten – 2, butadiyen-1,3 va vodoroddan iborat aralashma hosil bo`ldi. Hosil bo`lgan aralashma necha mol bromni biriktirib oladi? A) 0,4 B) 0,5 C) 0,3 D) 0,45 60. Bitta uchbog` va ikkita qo`shbog` tutuvchi uglevodorodlarning ozon ishtirokida yonishining umumiy formulasida kislorod oldidagi koeffitsient qiymatini aniqlang. A) 1,5n-0,5 B) n+1/3 C) n-1 D) 1,5n-1,5 61. Alkadiyen tarkibida uglerod - vodorod bog`lari soni uglerod atomlari orasidagi oddiy bog`lar sonidan 5 taga ko`p bo`lsa, shu alkadiyenning 0,4 molidagidek atom tutuvchi metan hajmini (l) aniqlang? A) 17,92 B) 12,544 C) 23,296 D) 35,84 62. Alkadiyen tarkibida uglerod – uglerod atomlari orasidagi oddiy bog`lar soni uglerod – vodrod atomlari orasidagi bog`lar sonidan 3 marta ko`p bo`lsa, shu alkadiyenning stexiometrik midoridagi kislorod bilan portlatilishidan keyin suv bug`lari kondensatsiyalanmagan holda idishdagi bosim boshlang`ich bosimga nisbatan necha marta ortishini aniqlang. A) 1,077 B) 1,182 C) 1,125 D) 1,157 63. Noma`lum diyen gidrobromlanganda hosil bo`lgan monobromli birikmadagi bromning massa ulushi bromning brommetandagi massa ulushiga nisbatan 1,57 marta kamroq bo`lsa, shu alkadiyenning qanday massasi 800 g 2% li bromli suvni to`liq rangsizlantiradi? A) 3,4 B) 6,8 C) 4 D) 5,2 64. Allen tipidagi uglevodorodning 2,05 g miqdorida 5,117∙1023 ta orbital bor. Ushbu uglevodorodning 0,3 molidagi atomlar sonini aniqlang. A) 4,515∙1023 B) 28,896∙1023 C) 14,448∙1023 D) 1,806∙1023 65. Pentadiyen – 1,3 ning qanday massasi 89,6 g 2,5 % li bromli suv bor idish orqali o`tkazilganda 3:2 mol nisbatda di- va tetrabromli hosilalar paydo bo`ladi? A) 0,68 B) 0,34 C) 1,28 D) 2,56 66. Allen tipidagi uglevodorodning 1,7 g miqdorida 4,214∙1023 ta orbital bor. Ushbu uglevodorodning 23,8 g miqdori rangsizlantirilgan 4% li bromli suv massasini aniqlang. A) 1400 B) 2800 C) 2100 D) 700 67. Teng sondagi uglerod tutuvchi alken va alkadiyen aralashmasidagi moddalar mol nisbati 1:3 bo`lib, ushbu aralashma yetarli miqdorda kislorod bilan yondirilganda hosil bo`lgan aralashmani yetarli miqdorda kislorod bilan yondirilganda hosil bo`lgan aralashmani ishqor eritmasidan o`tkazilganda aralashma massasi 76,52% ga kamaygan. Alkadiyenni aniqlang. A) divinil B) izopren C) allen D) geksadiyen – 1,5 68. Alkadiyenning 6 ml hajmi to`li yonishi uchun olingan 40 ml kislorodning 17,5% i ortib qoldi. Hosil bo`lgan kabonat angidrid hajmini aniqlang. A) 18 B) 24 C) 30 D) 36 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling