Alkanlarning dastlabki ta vakilini izomerlarini yozib: a nechtadan izomeri borligini aniqlang, b sistematik,ratsional nomlang c geksan izomerlaridagi 1lamchi, 2lamchi, 3lamchi va 4lamchi uglerodlar sonini toping 2


Qaysi modda HCl bilan reaksiyaga kirishib, xloropren hosil qiladi? A) penten-2 B) amilasetilen C) allilasetilen D) metilasetilen 36


Download 1.64 Mb.
bet27/65
Sana23.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1223537
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
Bog'liq
Organika masalalari

35. Qaysi modda HCl bilan reaksiyaga kirishib, xloropren hosil qiladi?
A) penten-2 B) amilasetilen C) allilasetilen D) metilasetilen
36. Pentadien-1,3 va pentin-1 bir-biriga nisbatan nima hisoblanadi?
1) gomologlar; 2) tuzilish izomerlari; 3) geometrik izomer; 4) ikkalasi bir xil modda.
A) 1 B) 1,3 C) 3 D) 2
37. 3-metilbutin-1 simob tuzlari katalizatorligida suv bilan reaksiyaga kirishganda, qaysi sinfga tegishli modda hosil bo’ladi?
A) spirt B) keton C) aldegid D) kislota
38. Butin-2 ni uning butin-1 bilan aralashmasidan qaysi modda yordamida ajratib olish mumkin?
A) KMnO4 ning suvli eritmasi B) Br2 ning suvli eritmasi
C) kislota eritmasi ta’sir ettirib D) kumush oksidning ammiakli eritmasi
39. Alkinlar uchun qanday xossalar xos?
1) biriktirib olish reaksiyalari 5) izomerlanish 2) o’rin olish reaksiyalari 6) polimerlanish 3) oksidlanish reaksiyalari 7) polikondensatsiya 4) kuchsiz kislotalik xossalari 8) gidratlanish
A) 1,2,4,7 B) 1,3,5,8 C) 1,2,3,4,6,8 D) 1,3,5,7,8
40. Uchta probirkada quyidagi uchta gaz – butan, buten-1 va butin-1 berilgan. Ularni bilib olish uchun sifat reaksiyasini bajarishga imkon beradigan moddalarni tanlang.
1) kaliy ishqori; 2) bromli suv; 3) mis(II) gidroksid; 4) kaliy permanganatning kislotali eritmasi; 5) kumush xloridning ammiakdagi eritmasi
A) 1,2,4 B) 2,3,5 C) 2,4,5 D) 3,4,5
41. Qaysi reaksiya metandan asetilen olish uchun qo’llanilishini ko’rsatadi?
A) metanning to’la krekingi B) metanning chala krekingi
C) metanning suv bug’i bilan konversiyasi D) metanning yonishi
42. Asetilen molekulasidagi faqat π-bog’lar tufayli amalga oshadigan reaksiyalarni tanlang.
1) o’rin olish; 2) biriktirish; 3) parchalanish; 4) almashinish; 5) oksidlanish-qaytarilish
A) 1,2 B) 2,5 C) 2,4 D) 3,4
43. Berilgan moddalarning qaysilari atsetilen bilan reaksiyaga kirishadi?
1) vodorod oksid (simob(II) sulfat ishtirokida); 2) vodorod oksid (kadmiy(II) gidroksid ishtirokida); 3) bromli suv; 4) kaliy permanganat (neytral sharoitda); 5) vodorod (nikel(III)gidroksid ishtirokida); 6) kumush(I) oksidning ammiakli eritmasi.
A) 1,3,4 B) 1,3,4,6 C) 2,5 D) 2,5,6
44. Tarkibi C4H6 bo'lgan uglevodorod, 2 mol vodorodni biriktirsa, shuningdek, kumush (I) oksidining ammiakdagi erit­masi bilan cho'kma hosil qilsa, uglevo­dorod (lar) ning tuzilishini aniqlang.
1) CH3CH2CCH; 2) CH3CCCH3; 3) (CH3)2CHCCH; 4) CH2CHCHCH2.
A) 1, 3 B) 1, 2,3 C) 1 D) 4
45. Tarkibi C4Hx bo’lgan uglevodorodning 10 ml hajmi harorat 110°C va bosim 101,325 kPa bo’lganda, 5 ml ga ortgan. Miqdoriy o’lchashlar shu temperaturada bajarilgan. Test shartiga javob beradigan uglevodorod(lar) ni toping.
1) butan 2) buten-1 3) buten-2 4) butadien-1,3 5) siklobutan 6) butin-2
A) 1 B) 2,3,5 C) 4 D) 4,6
46. Tarkibi C4Hx bo’lgan uglevodorodning10 ml hajmi, mo’l miqdordagi kislorod ishtirokida 110°C va bosim 101,325 kPa bo’lgan sharoitda yondirilganda, hajm o’zgarmay qolgan (hajmlar bir xil sharoitda o’lchangan). Uglevodorod nomini toping.
A) divinil B) butan C) buten-1 D) vinilasetilen
47. Tarkibi C4Hx bo'lgan 1 ml uglevodorod mo'l miqdordagi kislorod ishtirokida yondirilgandan so'ng hajm o'zgarmagan (suv bug'lari kondensatlanmagan) bo'lsa, reaksiyada ishtirok etgan uglevodorodni aniqlang.
A) buten-2 B) butadiyen-1,2 C) vinilatsetilen D) butan
48. Asetilenga kumush oksidning ammiakdagi eritmasi ta`sir etishidan 48 g portlovchi modda hosil bo`ladi. Reaksiyada qatnashgan astilenning hajmini (l) hisoblang.
A) 2,24 B) 4,48 C) 6,72 D) 5,6 E) 8,96
49. Propinga kumush oksidning ammiakdagi eritmasi ta`sir etishidan 22,05 gr portlovchi modda hosil bo`ladi. Reaksiyada qatnashgan alkinning hajmini(l) toping.
A) 3,36 B) 6,72 C) 10,08 D) 13,44
50. Kalsiy karbid va alyuminiy karbid aralashmasiga suv bilan ishlov berilib, hosil bo`lgan gazlar bromli suv orqali o`tkazilganda eritma massasi 1,3 g ortdi. Qolgan gazni yoqishga 33,6 litr (n.sh) havo sarflandi. Boshlang`ich aralashmaning massasini (g) aniqlang.
A) 3,2 B) 10,4 C) 24,8 D) 7,2
51. Kalsiy karbid va alyuminiy karbid aralashmasi suv bilan reaksiyada olingan gazlar Br2 li suvdan o`tkazilganda 17,3 g 1,1,2,2 – tetrabrometan hosil bo`ladi. Huddi shunday gazlar aralashmasi yondirilganda 11 g uglerod (IV) oksid hosil bo`ldi. Boshlang`ich aralashma massasini (g) toping.
A) 9,3 B) 13,6 C) 10,4 D) 5.6
52. Massasi 31,2 g bo`lgan kalsiy karbid va alyuminiy karbid aralashmasiga suv bilan ishlov berilganda hosil bo`lgan gazlar aralashmasi tarkibida 8 % brom bo`lgan suvning 500 g miqdori bilan reaksiyaga kirishishi aniqlangan. Boshlang`ich aralashmadagi kalsiy karbidning massa ulushini (%) hisoblang.
53. Massasi 203 g bo`lgan etan va etenlarning ekvimolekulyar hajmi aralashmasini hosil qilishida qatnashgan vodorod hajmini va etin massasini aniqlang.
A) 235,2 va 182 B) 182 va 235,2 C) 78,4 va 174
D) 100,8 va 406 E) 50,4 va 101,5
54. Dimetilasetilen va propan aralashmasi bromli suv orqali o`tkazilganda idish og`irligi 8,1 gramga ortdi. Aralashmani yondirish uchun esa 31,92 litr (n.sh) kislorod sarflandi. Dastlabki aralashmaning massasini (g) aniqlang.
A) 11,78 B) 5,28 C) 13,38 D) 18,42
55. 6,8 g propan, propen va propin aralashmasi yondirilganda 10,88 litr uglerod(IV) oksid hosil bo`ladi. Shu reaksiyada hosil bo`lgan suvning massasini (g) toping.
A) 8,73 B) 17,4 C) 4,35 D) 3,78
56. Bir qancha hajm CxHy to`liq yonishi uchun kerak bo`lgan kislorod hajmidan, gomologik qatorda undan keyingi o`rindagi CxHy ning to`liq yonishi uchun kerak bo`ladigan kislorodning hajmi 1,6 marta katta. Uglevodorodlarni aniqlang?
A) C2H4 ; C3H6 B) C2H2 ; C3H4 C) C3H4 ; C4H6 D) C3H8 ; C4H10


57. Alkin molekulasida tarkibidagi elektronlar soni atomlar sonidan 3 marta ko`p bo`lsa, ushbu shartni qanoatlantiruvchi alkinlar sonini toping.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
58. Noma`lum alkin molekulasi to`liq bromlanish reaksiyasi tenglamasining o`ng va chap tomonidagi atomlar yig`indisi 22 ga teng bo`lsa, alkinning molyar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 40 B) 68 C) 54 D) 26
59. 20 litr asetilen va etan aralashmasi degidrogenlanishidan 30 litr asetilen va vodorod aralashmasi olindi. Olingan gazlar aralashmasining o`rtacha molyar massasi (g/mol) hisoblang.
A) 18 B) 15 C) 16 D) 17
60. 50 ml butin – 1 va butan aralashmasiga 22 ml vodorod qo`shib ma`lum sharoitda Ni katalizatori ustidan o`tkazildi. Gidrogenlash reaksiyasi to`liq sodir bo`lgach, gazlar aralashmasining hajmi 56 ml ni tashkil etdi. Barcha o`lchashlar bir xil sharoitda amalga oshirilgan bo`lsa, dastlabki aralashmadagi butanning hajmiy ulushlarini (%) hisoblang.
A) 80 B) 76 C) 70 D) 84
61. 32,8 g alkin yetarli kislorodda yonishidan olingan CO2 gazi 1,2 mol neon bilan aralashtirildi. Hosil bo`lgan gazlar aralashmasining molyar massasi 36 g/mol bo`lsa, alkinni aniqlang.
A) butin B) pentin C) geksin D) propin
62. Porpin bromning CCl4 dagi 50% li 160 g eritmasi orqali o`tkazilganda ikki xil bromli hosila olindi. Agar molar massasi kichik hosilaning miqdori molar massasi katta hosiladan 3 marta ko`p bo`lsa, reaksiya uchun sarflangan propinning hajmini (l. n.sh) aniqlang.
A) 8,96 l B) 5,6 l C) 6,72 l D) 11,2 l
63. Etan va asetilendan iborat 5 litr aralashmaga 5 litr vodorod qo`shib nikel katalizatori ustidan o`tkazilganda aralashma hajmi 5/4 marta kamaygan bo`lsa, oxirgi aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushini (%) hisoblang. (barcha hajmlar bir xil sharoitda o`lchangan).
A) 1/4 B) 1/8 C) 5/8 D) 3/8
64. 52 gr asetilen oldiniga HX, so`ngra HY galogenidlar 1:1 nisbatda qo`shilganda 287 g mahsulot olindi. Reaksiyada qanday galogenlar ishlatilgan?
A) Br; J B) F; Br C) Cl; J D) Cl; Br
65. CH4 1500 ℃ da qizdirilganda asetilen hosil qiladi. Agar olingan gazlar aralashmasida hajm jihatidan 1/7 qismi asetilen bo`lsa, reaksiya unumini (%) hisoblang.
A) 75 B) 60 C) 50 D) 40
66. X alkindagi H atomlar soni C atomlari sonidan 1,5 marta , Y alkindagi H atomlari soni C atomlari sonidan 1,6 marta ko`p bo`lsa, X va Y ga mos keladigan alkinlar sonini ko`rsating.
(Fazoviy izomerlar hisobga olinmasin)
A) X=3; Y=4 B) X=2; Y=3 C) X=3; Y=5 D) X=2; Y=4
67. Etan , etilen va asetilendan iborat aralashmani yondirish uchun 0,6 mol kislorod sarflandi va 0,4 mol suv hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmaning o`rtacha molyar massasini ( g/mol) hisoblang.
A) 27 B) 29 C) 30 D) 28
68. 16,8 l (n.sh) asetilen katalizator ishtirokida (Hg2+) gidratlanganda π-bog`lar soni 3,612∙1023 donaga kamaydi. Hosil bo`lgan organik modda massasini (g) hisoblang.
A) 26,4 B) 30,8 C) 33 D) 28,6
69. Metan, etin va etandan iborat aralashmani gidrogenlash uchun sarflangan vodorod hajmi aralashma hajmiga teng. Xuddi shunday aralashmani yoqish uchun sarflangan kislorod hajmi aralashma hajmidan 2,55 marta ko`p bo`lsa, dastlabki gazlar aralashmasidagi φ(CH4) ni aniqlang.
A) 0,3 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,25
70. Etan, butin-2 va xloroprendan iborat aralashma yetarli kislorodda yondirilib, reaksiya mahsulotlari 20℃ gacha sovutilganda 30,7 gr suyuqlik olindi. Ushbu suyuqlikda natriy gidrokarbonat eritilganda 4,48 litr(n.sh) gaz ajralgan bo`lsa, dastlabki aralashmadagi xloroprenning hajmiy ulushini (%) hisoblang. (CO2 ning suvda erishi hisoblanmasin)
A) 20 B) 25 C) 40 D) 30
71. 13,4 g eten va etin aralashmasi tegishli sharoitda gidratlanganda 22,4 g kislorodli organik birikmalar olindi. Boshlang`ich aralashma yondirilganda necha gramm suv hosil bo`ladi?
A) 14,4 B) 10,8 C) 16,2 D) 12,6
72. Etilen va asetilen gazlari aralashmasi yetarli miqdorda kislorodda yondirildi. Hosil bo`lgan gazlar aralashmasi tarkibida φ(CO2)= 60% bo`lsa, dastlabki aralashmadagi asetilenning massa ulushini aniqlang. (Suv bug`lari kondensatsiyalangan).
A) 55 B) 40 C) 65 D) 75
73. 1 mol asetilen katalitik dimerlanganda birlamchi uglerod atomlari soni 30% ga kamaydi. Hosil bo`lgan aralashmadagi π bog`lar sonini hisoblang.
(Dimerlanish mahsuloti CH2=CH-C≡CH)
A) 3,4∙NA B) 1,4∙NA C) 2,8∙NA D) 1,7∙NA
74. Propan va propindan iborat aralashma bromli suv orqali o`tkazilganda idish massasi 12 g ga ortdi. Xuddi shunday sifat va miqdor tarkibiga ega aralashma yondirilib, yonish mahsulotlari fosfor(V) oksid solingan nay orqali o`tkazilganda nayning massasi 25,2 g ga ortdi. Boshlang`ich aralashmadagi φ(C3H4) ni toping.
A) 80% B) 20% C) 40% D) 60%

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling