Alkanlarning galogenli hosilalari
Download 29.02 Kb.
|
Maxammatov Diyorbek
Alkanlarning galogenli hosilalari Reja 1. Galogenalkanlarning nomenklaturasi va izomeriyasi. 2. Galogenalkanlarning olinishi. 3. Galogenalkanlarning fizikaviy va ximiyaviy xossalari. 4. Poligalogenalknlarning xossalari va ishlatilishi. To`yingan uglevodorodlardagi bir yoki bir necha vodorod atomlarining galoid atomlariga almashinishidan hosil bo`ladigan organik birikmalarga to`yingan uglevodorodlarning galogenli hosilalari deyiladi. Alkanlarning galogenli hosilalari molekulasidagi galogen atomlarining soniga qarab bir-, ikki- va ko`p galogenli hosilalarga bo`linadi. G a l o g e n a l k i l l a r tarkibini Cn H2n+1X yoki R—X (bunda X=F, Cl, Br, J) umumiy formula bilan ifodalash mumkin. Galoidalkillar uglevodorodlar singari ximiyaviy xossalari bir-biriga o`xshash, tarkibi o`zaro bir yoki bir necha metilen gruppasiga farq qiladigan moddalarning gomologik qatorini tashkil qiladi. Nomenklaturasi va izomeriyasi. Tarixiy nomenklaturaga ko`ra galoidalkillarning nomi tegishli bir valentli uglevodorod radikallarining nomiga galoid nomini qo`shish bilan hosil qilinadi. Sistematik nomenklaturaga asosan monogaloidli hosilalarni nomlash uchun oldin galogen atomi boђlangan uglerod atomining zanjirdagi nomeri, so`ngra esa galogen va uglevodorodning nomi aytiladi: Metan va etandan boshqa galoidalkidlarda uglerod skeletining izomeriyasi va galogen holatining izomeriyasi uchraydi. Propanning izomeri bo`lmagani holda xlorpropanning 2 ta izomeri, butanning 2 ta izomeri bo`lgani holda xlorbutanning 4 ta izomeri ma`lum. Uglerod zanjirining uzayishi va tarmoqlanishi bilan galoidli hosilalarning izomerlar soni uglevodorodlarning izomerlari soniga nisbatan juda tez ortib boradi. Buni butil xlorid (C4H9Cl) misolida ko`rib chiqamiz: Galogen atomining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerod atomi bilan bog`langanligiga qarab galogenli hosilalar ham birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi bo`ladi. Download 29.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling