Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalar kimyoviy idish va asbob-uskunalar (kolbalar, ekstraksiya voronkalari, kolonkalar, sovutgichlar, termostat, quritish shkafi, shisha filtrlar, magnit aralashtirgich, rotor bug‘latgich), organik moddalarni sintez qilish va tozalash usullari, organik moddalarning reaksiyalari bo‘yicha tajribalar o‘tkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Laboratoriya ishlari bo‘yicha tavsiya etilayotgan mavzular:
Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari.
Laboratoriyada rioya qilinishi kerak bo‘ladigan texnika xavfsizligi qoidalari. Zaharli, oson alangalanadigan va portlovchi moddalar bilan ishlash qoidalari. Kuyganda, yong‘in chiqqanda, zaharlanganda va boshqa ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berganda birinchi yordam ko‘rsatish.
Organik kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan asosiy kimyoviy idishlar, ularni yuvish va quritish. Eritmalarni chayqatish (ekstraksiya), va aralashtirish. Standart asboblar va ularni yig‘ish. Organik kimyodagi reaksiyalarga doir muolajalar – haydash, quruqhaydash, qaynatish, ekstraksiya qilish, fraksiyalash, vakuumda haydash, liofil quritish, dializ.
Organik kimyoga doir asosiy adabiyotlar – Kimyo referativ jurnali (Referativnыy jurnal ximiya, RJX), ChemicalAbstracts, CA - va ulardan foydalanish. Kimyoga doir internet saytlari bilan tanishish va ulardan foydalanish (Ximik.ru, ChemPort, Izbrannыe nauchnыe jurnalы va boshqalar).
Organik moddalarni tozalash usullari – qayta kristallash, haydash, ekstraksiyalash.
Moddalarni qayta kristallga tushirish usuli bilan tozalash. Ekstraksiya usuli yordamida moddalarni ajratish. Sublimatsiya. Aralashmalarni haydash usuli bilan ajratish.
Organik moddalarni tozalashda va tahlil qilishda xromatografiya usullari – kolonkali xromatografiya usuli yordamida aralashma moddalarni ajratish, gaz-suyuqlik xromatorafiyasi (GSX) yordamida aralashmalarni tahlil etish, yuqori effektiv suyuqlik xromatorafiyasi (YUESX) yordamida aralashmalarni tahlil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |