Alkimyogar- tabiat va olamning sirini biladigan odam


Download 1.18 Mb.
Sana08.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1084129
Bog'liq
Alkimyogar

  • Alkimyogar- tabiat va olamning sirini biladigan odam.
  • Urim va Tumim- oq va qora toshlar. Oqi”ha”,qorasi ”yo’q” degan ma’nolarni anglatadi.
  • ”Sirokko”- shamol nomi.Arablar buni sersuv va qora tanli odamlar yashaydigan o’lkalardan esadi deb o’ylashadi.
  • ”Levantinlik”- Andalusiyada bu shamolni sahro qumlarini va mavrlarning jangovor hayqiriqlarini olib keladi deb o’ylashadi.
  • ”Samum”- dengiz bo’ronidan ham dahshatli shamol.
  • Santyago - “Alkimyogar” asarining bosh qahramoni.
  •  
  • -cho’pon bola, 60 ta qo’yi bor. Qo’ylarini Andalusiya yaylovlarida boqadi.
  •  
  • -3 ta tilni biladi.Diniy maktabda lotincha,ispancha tilni o’rgangan.Tanjerda esa billur sotuvchi savdogarga shogird tushib yurganida arab tilini o’rganadi.
  •  
  • -sotuvchi.Tanjerda billur sotadi.
  • -mehnatsevar.U cho’ponlik va sotuvchilik qilgan vaqtida sidqi dildan mehnat qiladi.
  •  
  • -u chin muhabbat egasi.Sahrodagi vohada arab qizi Fotimani uchratadi.Unga bo’lgan muhabbati orzusi yo’lida tayanch bo’ladi.
  • -tabiatni sevadi.Undan zavq oladi.U bilan gaplasha oladi.
  • -mehribon.Qo’ylarini juda ehtiyot qiladi.Ular bilan gaplashadi,sirlashadi,hatto ularga kitob o’qib beradi.
  • -ishonuvchan.Ishonuvchanligi unga pand beradi.Yevropacha kiyingan ispan tilini biladigan ko’cha bezorisiga pullarini oldirib qo’yadi.
  • -Umum Tilini biladi.
  • -Olam Qalbi bilan uyg’unlasha oladi.
  • Santyago asli Ispaniyalik.O’n olti yoshigacha diniy maktabda o’qib , lotincha , ispancha va dinshunoslikni o’rgangan. Ota-onasi uni ruhoniy bo’lishini xohlaydi . Biroq u yurt kezishni xohlab , bu niyatini otasiga aytadi. Otasi uni bu fikrdan qaytarmoqchi bo’ladi. Unga juda ko’p nasihatlar qiladi. Biroq Santyagoning fikri qat’iy bo’ladi. O’g’lining ahdida qat’iy turganini ko’rgan ota unga uchta qadimiy tilla tanga berib , fotiha beradi. Santyago tangaga bir otar qo’y sotib olib , Andalusiya yaylovlarida boqib , yurt kezib yuradi.Mana shu uning hayotidagi birinchi to’siq edi.U to’siqni yengib o’tdi. (Shu yerda o’quvchilar kichkinagina sahna ko’rinishi namoyish etadilar. Unda ota-bolaning suhbati maroq bilan ijro etiladi.)
  • Xazinani izlab , Misrga ketayotganda Vohada arab qizi Fotimani uchratadi. Ular bir-biriga ko’ngil qo’yadi.Sevgi , mehr-muhabbat – bu to’siq emas ,. U kishiga kuch-quvvat bag’ishlaydi. Santyago xazinani qidirishni to’xtatib , Fotima bilan qolishini aytganda , Fotima shunday deydi:”Men sening orzu-o’ylaringning , sening TAQDIRingning bir bo’lagiman. Shuning uchun ham men sening bir joyda to’xtab qolmasligingni . balki , qidirayotgan narsangni izlayverishingni xohlayman”.
  • Santyago xazina qidirish davomida juda ko’p qiyinchiliklarga duch keladi. Qo’ylaridan ajraladi. Bandargoh shahar Tanjerda Yevropacha kiyingan , ispanchani yaxshi biladigan yulg’ich bolaga pullarini oldiradi. Qabila oqsoqoli bergan ellik tilla tangani boshqa qabila boshlig’iga berishga majbur bo’ladi. UMUM TILINI bilmay , shamolga aylanishn i bilmaganida qo’rquvga tushadi. Lekin kimki O’Z TAQDIRI yo’lidan borayotgan ekan , u hamma narsani biladi va uddalay oladi. Faqat bu narsa orzuning ro’yobga chiqishiga mone’ lik qiladi. Bu omadsizlikdan cho’chish tuyg’usidir. Yo’q . Santyago omadsizlikdan cho’chimadi. Unga Salim podshohi Malkisidq , Tanjerda billur sotuvchi savdogar , sahroda Alkimyogar yordam qo’lini cho’zdi . Unga dalda bo’lishdi. Orzu yo’lida qiyinchiliklarni yengib o’tishda yo’lboshchi-ustoz bo’ldilar. Ustozlarining o’gitlariga astoydil amal qilgan Santyago orzusiga yetishdi. U qidirgan xazinani topdi.
  • Xazina turgan joyni qidirayotgan vaqtda urushdan qochgan qaroqchilarga duch keladi. Alkimyogar yasab bergan quyma oltinni ko’rib , uni o’lguday do’pposlashadi. Shunda Santyago haqiqatni aytishga majbur bo’ladi.Ularga xazinani qidirayotganini aytadi. Mana shu birgina haqiqat uni o’limdan saqlab qoladi. Qaroqchilar sardori o’zining xazinasi Ispaniyadagi mehrobidan tutanjir o’sib chiqqan eski cherkovda ekanligini bashorat qiluvchi tushini aytadi. Lekin u xazinani qidirib , sahroda tentirab yuradigan ahmoq emasligini ta’kidlab ham qo’yadi. Vaholanki , Santyagoning xazinasi o’zi tug’ilib o’sgan Ispaniyada , aniqrog’i mehrobidan tutanjir o’sib chiqqan eski cherkovda bo’ladi.
  • Asarda juda ko’p UMUM TILI degan so’zga duch kelamiz. UMUM TILI nima ? Borliqdagi jamiki jonli va jonmsiz narslar tushunadigan til. Butun tabiat bilan gaolashishdir. Olam qalbini tushunish deganidir. Asardagi keksa Malkisidq aytganidek , ”Agar biror bir narsani chin dildan orzu qilsang , butun olam uning amalga oshishiga ko’maklashadi. ” Ha , Santyagoning orzusi amalga oshishiga butun olam ko’maklashdi.U o’z hayotidan hech qachon afsuslanmaydi , u hech narsga achinmaydi.
  • Mabodo ertaga o’lib qolsa , demak , TANGRI uning kelajagini o’zgartirishni xohlamagan bo’ladi. Biroq u kuni bitgunicha nimnalargadir ulgurdi: Bo’g’ozdan suzib o’tdi , do’kondagi ishlarni uddaladi , sahroni yengdi , uning sukunatini va Fotimaning ko’zlaridagi ma’noni uqdi. Uyini tark etganidan beri biror bir kuni bo’sh , samarasiz ketgani yo’q. Agar ertaga ko’zlari manguga yumilsa-da , alam qilmaydi. Mana shu narslar Santyagoga hamisha taskin berib keldi

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling