"Alkimyogar" va "Chol va dengiz" asarlarining qiyosiy tahlili
Portretning qiyosiy tahlili
Download 1.42 Mb.
|
4-курслар учун ЯН намунаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAHRO TASVIRI
- DENGIZ TASVIRI
Portretning qiyosiy tahlili
Har ikki qahramonning ismi Santyago. "Alkimyogar" asarining bosh qahramoni - yosh, o’spirin yigit. “Chol va dengiz” asarining bosh qahramoni – qariya dengizchi. Xarakteridagi o’xshashlik shundaki, ular o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun tinmay harakat qilishadi va ko’zlangan marraga qarab intilishadi. SAHRO TASVIRI Odatdagi kun boshlangach, Fotima necha yillardan beri shug‘ullanib kelayotgan ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi, biroq endi hammasi boshqacha kechadi. Voha endi qizning nazdida burungi qimmatini bir qadar yo‘qotadi, chunki vohada Santyago yo‘q. Avval boshqacha edi — yaqinginada bu joy ellik ming tup xurmo daraxti gurkirab turgan, uch yuzta quduqli, sahro kezib chanqagan yo‘lovchilar oroyish topadigan maskan edi. Endi qizning nazarida voha bo‘shab, huvillab qoldi. Bugundan boshlab sahroning qadri ortadi. Fotima endi sahroga umid ko‘zi bilan termiladi, xazinalarini qidirib ketgan Santyagoning qaysi yulduzni mo‘ljalga olib yo‘l bosayotganini topishga urinadi. Shamol orqali o‘zining qaynoq o‘pichlarini yo‘llab, ular Santyagoning yuziga tegishiga umidlanadi va pichirlab o‘zining sog‘-salomat ekanini, uni kutayotganini aytadi. Bugundan boshlab sahro Fotima uchun umid makoniga aylanadi: u yoqdan Santyago yoniga qaytadi. DENGIZ TASVIRI U har doim dengizni, unga muhabbat qoʼygan hamma kishilar kabi xayolidan ispanchasiga la mar deb atardi. Аyrim paytlarda dengizga mehr qoʼygan odamlar, u haqda badxazm gaplar aytishadi, ammo doimo bu gaplar dengiz emas, goʼyo ayol ustida borayotganga oʼxshaydi. Аkula jigarining narxi oshib borayotgan kunlarda sotib olingan motorli qayiqlarda yurib, qarmoqlariga poʼpak oʼrniga buy ishlatadiganlar xilidan boʼlgan yoshroq baliqchilar esa dengizni Vel mar deb ataydigan va unga er kishiga qaraganday qaraydilar. Ularning nazdida dengiz goʼyo, hududsiz bir sayhon, goʼyo bir raqib, gohida esa, hatto bir dushman boʼlib koʼrinadi. Chol boʼlsa, doimo dengiz tiyilganda, goh tengi yoʼq saxovatlar inʼom etib, goh tumtayib turib oluvchi xotin kishini koʼz oʼngiga keltiradi. Аgar u yengiltak yoki xunuk ishlar qilib qoʼysa, nima ham qilib boʼlardi, tabiati oʼzi shunaqa demoqlikdan boshqa iloji yoʼq. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling