"Alkimyogar" va "Chol va dengiz" asarlarining qiyosiy tahlili
"Alkimyogar" asari haqida qisqacha maʼlumot
Download 1.42 Mb.
|
4-курслар учун ЯН намунаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Chol va dengiz”asari haqida qisqacha maʼlumot
"Alkimyogar" asari haqida qisqacha maʼlumot
Ernest Heminguey mashhur “Chol va dengiz” asarini 1952-yilda Bagama orollarida 51 yoshida yozgan edi. Kasallik yozuvchi hayotiga xavf solib turganda ham ushbu asari orqali betakror obrazlarni yaratdi. Asar ikki oy ichida davomida tugallangan edi. Qahramonlar oddiy obrazlar orqali tasvirlangan bo‘lsa ham, zamirida hayot haqiqatining chizgilar bor. Asar dunyoning 120ga yaqin davlatida chop etilgan, 60ga yaqin xorijiy tilga tarjima qilingan. Unda kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuni aytish kerakki, “Chol va dengiz” asarida, avvalo, inson hamisha suyanadigan ishonch tuyg‘usi va albatta, umid haqida so‘z boradi. Asar bosh qahramonida ham tajribasiga suyanib yashayotgan, ishonchini yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qilayotgan obrazni ko‘rishimiz mumkin. “Chol va dengiz”asari haqida qisqacha maʼlumot Cho`pon yigit Santyagoning sayohatlari haqida hikoya qiluvchi ushbu asar zamiridagi asosiy tushuncha – “O`z Taqdirim” tushunchasidir. Hayotimizning chin mohiyati – ro`yi zamindagi umrguzaronligimiz uchun Oliy qudrat sohibi tayyorlab qo`ygan yo`l. Biroq ezgu niyatlar sari ana shu yo`ldan borishga jur`at topish barchaga birdek nasib qilavermaydi. Alkimyo bu oddiy toshdan yoki “noraso” metallardan oltin yaratish qobiliyatidir. Bunday qobiliyatga insoniyat tarixida hamma ham qodir bo’lavermagan. Ammo bu sarlavhadan asar kimyo fani haqida degan noto’g’ri xulosaga kelmasligimiz lozim. Bu majoziy ma’noda. Hayotda hamma inson ham alkimyogar bo’lishi munkin. Ya’ni o’z hayot yo’limizni oddiy metall deb tasavvur qilsak, yaxshi niyat hamda orzular ro’yobiga bo’lgan ishonch bilan bu oddiy metallni oltinga aylantirishimiz mumkin bo’ladi. Asarda Santiyago ismli Kubadagi baliqchi qishloqlarining birida yashovchi, baliqchi chol va uning 84 kunlik dendizdagi olishuvi haqida hikoya qiladi. Adib inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni, insoniyatning hamisha kurashuvchanligini tasvirlaydi. “Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo‘lmaydi…” g’oyasi asosida syujet voqealari yaratilgan. Asarda adib inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni, insoniyatning hamisha kurashuvchanligini ham tasvirlaydi. Qissa uning ana shu jihatlari yorqin ko‘zga tashlanadigan asarlaridan. Shunday kurash oldida borayotgan o‘quvchi beixtiyor asardagi muvaffaqiyatsizlikdan og‘rinmaydi, balki insonning oldinga bo‘lgan ishonchi uni ruhlantirib boraveradi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling