"Alkimyogar" va "Chol va dengiz" asarlarining qiyosiy tahlili


Download 1.42 Mb.
bet1/7
Sana07.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1176128
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-курслар учун ЯН намунаси


“Alkimyogar” va “Chol va dengiz” asarlarining qiyosiy tahlili.
Paulo Koelo 1947-yilning 24 avgustda Brazilyaning Rio-de-Janero shahrida tug’ilgan. U Braziliyada yashaydi, portugal tilida ijod qiladi. Koeloning roman, antalogiya, hikoya, ertak-hikoyalardan iborat 16 ta kitobi mavjud. Uning “Alkimyogar” asari o‘zbek tiliga birato’la uch ijodkor – Ozod Sharafiddinov, Ahmad Otaboyev, Aziz Saidlar tomonidan tarjima qilingan. Asarlari: "Ziyorat" yoki "Sehrgarlar kitobi" (1987), "Alkimyogar" (1988), "Brida" (1990), "Valkiriyalar" (1992), "Maktub" (1994), "Riyo Pedro qirg'og'ida..." (1994), "Beshinchi tog'" (1996), "Dunyolar jangi kitobi" (1997), "Payg'ambarning ishqiy maktubi" (1997), "Veronika o'lishga qaror qildi" (1998), "Shayton va Prim xonim" (2000), "Otalar, bolalar va bobolar" (2001), "O'n bir daqiqa" (2003), "Zohir" (2005), "Portobellolik jodugar" (2007), "G'olib bir o'zi qoladi" (2008), "Alif" (2011), "Daryo kabi" (2012)
Amerikalik mashhur yozuvchi Ernest Xeminguey 1899-yil Amerikaning Illinoys shtatida shifokorlar oilasida tug’ilgan. 1954-yilda Nobel mukofoti laureati bo’lgan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi ekani asarlarida jang maydonlarining bemisl suratlarini aks ettirishida poydevor vazifasini bajardi. Dastlabki hikoyalar kitobi — “Bizning zamonda”, “Quyosh chiqadi”, “Alvido, qurol!” (1929) romanlarida ham urush sahnalari yorqin ifodalangan edi. Biroq, aynan “Chol va Dengiz” qissasi yozuvchiga katta shuhrat keltirdi. Asar shu darajada ommalashib ketdiki, keyinchalik 1953-yil may oyida Pulitser mukofotiga, 1954-yilda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Mualliflarning qisqacha ijodiy biografiyasi
"Alkimyogar" asari jahon adabiyoti durdonalaridan hisoblanib, eng k`op xarid qilinadigan kitoblar o`ntaligidan joy olgan. Yozuvchining barcha tillarda nashr qilingan asarlarining umumiy adadi 300 milliondan oshadi."Alkimyogar" asari mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida. "Kitoblarimning qahramonlari - mening o`zim. Lekin "men o`zim" deb ayta olmaydigan yagona qahramonim bu - Alkimyogar. chunki Alkimyogar hamma narsani anglagan, maqomga erishgan odam, men hamma narsani bilmayman, ko`p ilmlar menga noma`lum... Asardagi voqealarning hammasi yuz bergan, boshimdan o`tkazganman", deydi muallif.Paulo Koelyo ijodiga mansub bo`lgan "Alkimyogar" asarining asosiy syujet chiziqlari G`arb og`zaki ijodiyotidan olingan.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling