Muallifning qisqacha ijodiy biografiyasi


Download 18.68 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi18.68 Kb.
#1349881
Bog'liq
nargiza opa Anor


Tahlil mezonlari


  1. Muallifning qisqacha ijodiy biografiyasi.

Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo`qon shahrida tavallud topgan. Abdulla Qahhor mohir so`z ustasi,qalami o`tkir ijodkor hisoblanadi. Abdulla Qahhorning “Bemor”, “O`g`ri”, “Daxshat” nomli hikoyalari darslikdan tanish. Yozuvchining “Sarob” nomli yirik romani 30-yillarda kitobxonlar diqqatiga sazovor bo`ldi. Abdulla Qahhor dastlab “Qo`shchinor” (1951),nomli asar sobiq sho`ro davrida “Qo`shchinor chiroqlari” nomiga o`zgartirildi.yozuvchining “Og`riq tishlar”(1967),”Shohi so`zana”, “ Tobutdan tovush” nomli komediyalari shuningdek “Sinchalak” nomli qissasi hamda tugallanmay qolgan “Zilzila” qissasi ham mavjud.


  1. Tahlilga tortilgan hikoya haqidagi qisqacha ma`lumot.

Ushbu hikoya o`sha davrdagi insonlarning o`ziga xos hayot tarsi va qiyinchiliklarini yoritib bergan hikoya hisoblanadi. Tirikchilik azobida Turobjon kun bo`yi bir burda non uchun ishlaydi. Xotinining anor yegisi kelganida,topib kelish imkoni yo`qligini xayolidan o`tkazgan Turobjon o`zini aybdor his qiladi va noiloj o`g`rilikka qo`l uradi. Ma`lumot o`rnida hikoya 1936-yil yozilgan.


  1. Hikoyaning asosiy g`oyasi.

Ushbu hikoyadagi asosiy g`oya – bu sovet davrida xalqimiz boshidan o`tkazgan qiyinchiliklarning hayotimizga solgan achchiq va alamli dog`lari. Shu darajadazulm o`tkazganki,”Inson Qadri “ degan eng ulug` tushuncha hattoki,begonalashib ketganligining guvohi bo`lamiz. Turobjoning yigitlik sha`ni ayolining ko`ngli tusagan anor mevasini olib kelishga undadi. Anor sotib olish uchun unda pul yo`q. Biroq ayolining xarxashalari uchun ham u o`g`rilik qilishga urundi. Bu bilan Turobjonning ayolini ham yomonlamoqchi emasman.Chunki,bunday vaziyatda ayol kishining harakatlari o`ziga bog`liq bo`lmaydi.u vujudidagi go`dak uchun ham shu narsani eridan topib kelishini talab qildi.


  1. Hikoyadagi obrzalarning qiyosiy tahlili

Ushbu hikoyadagi Turobjon obrazini ayanan Abdulla Qahhorning “Bemor”hikoyasidagi Sotiboldi bilan qiyosiy jihatdan tahlilga tortsak, also mubolag`a bo`lmaydi. Sotiboldi ham xuddi Turobjon kabi nochor edi. Bor budini xotinining shifo topishi uchun sarfladi. Bu ikki halol insonning sovet odamlari qo`lida ishlashi hikoyalardan hammamizga ma`lum. Sovet hukumati ishchilar hayotidagi mushkul vaziyatlarni bartaraf etish uchun sira e`tibor berishmagan. Ular uchun o`z ishlari old o`rinlarda bo`lgan,albatta. Shu sababli juda ko`p insonlar yosh ketdi. Aytmoqchi bo`lganim shundan iboratki,ikkala hikoyada ham sho`ro hukumatidan ozmuncha emas ko`p aziyat chekkan insonlarning baxtsiz taqdiri yoritilgan.



  1. Hikoyadagi portretning qiyosiy tahlili.

Qalami yaktagining yengi zulfiniga ilinib tirsakkacha yirtilgan Turobjon.


  1. Hikoyadagi peyzajning qiyosiy tahlili.

Masjiddagi keksa baqaterak orqasidan ko`tarilgan qizg`ish o`t ko`kka olovli iz qoldirib judayuqoriladi va go`yo osmonga urilganday chilparchin bo`lib “ po`p” etdi…
Anor daraxtlarida anor shig`il choynakday- choynakday bo`lib osilib yotibdi.


  1. Hikoyadagi badiiy detallarning qiyosiy tahlili.

Ushbu hikoyadagi asosiy detal anor hisoblanadi.uni Turobjonning xotinini suyuntirish maqsadida olib keladigan asal bilan taqqoslaydigan bo`lsak,anor – bu boshqorong`u ayoli uchun kerakli narsa, asal esabuning aksi.


  1. Hikoyadagi mavjud xalq og`zaki ijodi namunalarining qiyosiy tahlili.

“Avzoyi buzilmoq”, “ko`ngli tortmaslik”, “achchiqg`idan tushmaslik” kabi iboralar, “yer yutkur”, “jigarlaring ezilib kestin” kabi qarg`ish shakllari mavjud.


  1. Xulosa.

Ushbu hikoyani ko`z yoshisiz o`qigan kitobxon bo`lmasa kerak,nazarimda. Hikoyadan olingan xulosam shundan iboratki, inson qadri har doim eng ulug` tushuncha hisoblanadi. Biz o`tmishdan to`g`ri xulosa chiqarishimiz va bugungi osoyishta hayotimiz uchun Allohga shukrona keltirishimiz lozim. O`sha davrdagi insonlarning qiyinchiliklari bizning bugungi farovon hayotimizning qadriga yetishimiz uchun yetakchi omil vazifasini bajaradi.

Filologiya yo`nalishi 2218-guruh talabasi
Jo`rayeva Nargiza
Download 18.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling