Alloh va Uning payg‘ambari bir ishni hukm qilganda – hech bir mo‘min va mo‘minaga


Download 124.95 Kb.
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi124.95 Kb.
#1082697
  1   2   3
Bog'liq
Zaynab binti Jahsh


Zaynab binti Jahsh





Zaynab binti Jahsh ibn Riyob ibn Xuzayma. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning ayollari, ammalarining qizi, mo‘minlarning onasi. Musulmon bo‘lmasidan oldin ismi “Barra” edi, deb rivoyat qilinadi. “Zaynab” ismini unga Payg‘ambarimiz (alayhissalom) berganlar. Kunyasi Ummul hakam.
Manbalarda Zaynab (roziyallohu anho) hijratdan 33 yil oldin, ya’ni milodiy 590 yili Banu Asad urug‘ida dunyoga kelgani qayd etiladi. Otasi Jahsh ibn Riyob ibn Ya’mar, Quraysh sayyidi Abdulmuttalibning kuyovi. Ibn Xuzaymada nasabi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning nasablari bilan tutashadi. Onasi sahobiya Umayma binti Abdulmuttalib, Rasululloh (alayhissalom)ning ammalari.
Zaynab binti Jahsh (roziyallohu anho) Islomni qabul qilgan ilk ayollardan biridir.
Madinaga ko‘chilganidan so‘ng Zaynab binti Jahsh (roziyallohu anho), Rasululloh (alayhissalom)ning tavsiyalari bilan, dastlab buyuk sahobiy Zayd ibn Horisa (roziyallohu anho)ga turmushga chiqadi.
Rivoyatlarda keltirilishicha, Quraysh zodagonlaridan chiqqan go‘zal Zaynab binti Jahsh qullardan chiqqan Zayd bilan turmush qurishni istamaydi va Payg‘ambar (alayhissalom)ga e’tiroz bildiradi. Mufassirlar Ahzob surasining 36-oyati mazkur munosabat bilan nozil bo‘lganiga ittifoq qilganlar: «Alloh va Uning payg‘ambari bir ishni hukm qilganda – hech bir mo‘min va mo‘minaga (uni bajarish yokibajarmaslik) ishlarida ixtiyor bo‘lishi mumkin emasdir. Kimki Alloh va Uning payg‘ambariga itoatsizlik qilsa, bas, u aniq zalolat bilan yo‘ldan ozibdi».
Shundan so‘ng Zaynab (roziyallohu anho) bu nikohga rozilik berdi. Biroq mazkur nikoh uzoq davom etmaydi. Ko‘p o‘tmay, Zayd ibn Horisa Zaynab (roziyallohu anho)ga taloq beradi. Idda vaqti o‘tgach, hijratning beshinchi yili Alloh taoloning amriga ko‘ra, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Zaynab binti Jahshga uylandilar.
Islomdan oldin arablar asrandi farzandlariga o‘z nasablarini berishar, shu sabab ularning taloq qilgan xotinlariga uylanishni harom sanashar edi. O‘sha odatga ko‘ra, Payg‘ambar (alayhissalom) Zayd ibn Horis (roziyallohu anhu)ni ozod qilgan va o‘zlariga o‘g‘il qilib olgan edilar. Hattoki, odamlar uni “Zayd ibn Muhammad” deb ham atashardi. Ammo Alloh taolo asrab olingan bola hech qachon nasabda kishining o‘z farzandi kabi bo‘lmasligini ta’kidlaydi va uni o‘z otasining ismi bilan chaqirishga buyuradi: 
Download 124.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling