Alloh va Uning payg‘ambari bir ishni hukm qilganda – hech bir mo‘min va mo‘minaga


«Ularni (asrandi farzandlarni) o‘z otalari


Download 124.95 Kb.
bet2/3
Sana07.01.2023
Hajmi124.95 Kb.
#1082697
1   2   3
Bog'liq
Zaynab binti Jahsh

«Ularni (asrandi farzandlarni) o‘z otalari (ismi) bilan chaqiringiz. Shu Alloh nazdida adolatliroqdir. Bas, agar ularning otalarini bilmasangiz, u holda (ular) sizlarning diniy birodarlaringiz va do‘stlaringizdir» (Ahzob, 5).
Shu tariqa asrandi o‘g‘il ajrashgan ayolga uylanish ham mumkinligi bayon qilinadi: «(Ey Muhammad!) Eslang, Allohva Siz (ne’matlarni) in’om etgan kishiga (Zayd ibn Horisga): «Juftingni o‘zingda saqla (taloq qilishga shoshma)! Allohdan qo‘rqqin!», deb, Alloh oshkor qiluvchi bo‘lgan narsani ichingizda yashirgan edingiz va Allohdan qo‘rqishga haqliroq bo‘lgan holingizda, Siz odamlardan (ta’nalaridan) qo‘rqqan edingiz. Bas, Zayd undan (Zaynabdan) hojatini ado etgach (uni taloq qilgach), Biz Sizni unga uylantirdik. Toki mo‘minlarga asrandi bolalari o‘z xotinlaridan hojatlarini ado etishgach (taloq qilishgach), ularga (uylanishlarida) qiyinchilik bo‘lmasligi uchun (shunday qildik). Allohning amri esa bajariluvchidir». (Ahzob, 37).
Mazkur oyat orqali Zaynab binti Jahshni Payg‘ambar (alayhissalom)ga Alloh taolo nikohlab qo‘ygani ma’lum bo‘ladi. Ulamolar ushbu turmushning hikmati va barakotidan yana biri sifatida “to‘silish oyati”ning nozil bo‘lganini e’tirof etishadi: «Ey imon keltirganlar! Payg‘ambarning uylariga faqat sizlarni biror taomga chaqirilsagina, kiringiz! (O‘shanda ham) unga erishishga ko‘z tutib turmangiz, balki chaqirilganingizda kiringiz va taomdan so‘ng gapga berilib ketmay, tarqalingiz! Zero, bu Payg‘ambarga ozor berur, u esa sizlardan iymanar. Alloh haq(gap)dan tortinmas. Qachonki, sizlar ulardan (payg‘ambar ayollaridan) biror narsa so‘rasangiz, parda ortidan so‘rangiz! Mana shu sizlarning dillaringiz va ularning dillariga nisbatan ham tozaroq (ish)dir. Sizlar uchun Allohning payg‘ambariga ozor berish va undan keyin ayollariga uylanishingiz aslo mumkin emasdir. Chunki bu Alloh nazdida ulkan (gunoh)dir» (Ahzob, 53).
Madinaga hijrat boshlanganida Zaynab binti Jahsh (roziyallohu anho) birinchilar qatorida yo‘lga chiqdi. Toif, Xaybar g‘azotlarida va Vido hajida esa, Rasululloh bilan birga edi.
Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Zaynab (roziyallohu anho)ning ko‘p namoz o‘qishi, ro‘za tutishi, tasbeh va salavot aytishini e’tirof etganlar. Bu haqda Imom Muslim hadis rivoyat qilgan: «Rasululloh Umar ibn Xattobga: “Zaynab binti Jahsh “avvoha”dir”, dedilar. Bir kishi: “Yo Rasululloh! Avvoha nima degani?”, deb so‘radi. U Zot: “xushu’ va tazarru qiluvchidir”. Alloh taolo: 
Download 124.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling