Alloh va Uning payg‘ambari bir ishni hukm qilganda – hech bir mo‘min va mo‘minaga
“Albatta, Ibrohim halim, serqayg‘u va sertavbadir”
Download 124.95 Kb.
|
Zaynab binti Jahsh
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ey Payg‘ambar! Nega xotinlaringizning roziligini istab, Alloh Siz uchun halol qilgan narsani
“Albatta, Ibrohim halim, serqayg‘u va sertavbadir”(Hud, 75), degan», dedilar.
Manbalarda Payg‘ambar (alayhissalom) Zaynab (roziyallohu anho)ni yaxshi ko‘rganlari, Zaynab (roziyallohu anho) ham U zotni ikrom qilib, har kelishlariga ichishlari uchun asal sharbati tayyorlab qo‘yishi qayd etiladi. Mazkur hol Oysha va Hafsa (roziyallohu anho)larning rashkini keltirar edi. Bir kuni ikkovlari Rasululloh Zaynabning uyidan kelishlari bilan «Og‘zingizdan noxush hid kelmoqda, nima yedingiz?» deyishga kelishib oladilar. Shu orqali Payg‘ambar (alayhissalom)ni Zaynabdan va u beradigan asal sharbatidan sovutmoqchi bo‘lishadi. Noxush hidni yoqtirmaydigan Payg‘ambar (alayhissalom) biroz taraddudlanib: «Asal yegandim», deydilar va bundan keyin asal yemaslikka qasam ichadilar. Shunda Qur’oni karimdagi «Tahrim» surasining avvalgi oyatlari nozil bo‘lgan. «Ey Payg‘ambar! Nega xotinlaringizning roziligini istab, Alloh Siz uchun halol qilgan narsani (asalni) harom qilib olursiz! Alloh mag‘firatli va rahmlidir» (Tahrim, 1). Oysha (roziyallohuanho) aytadi: «Rasulullohning ayollari orasida menga tenglashmoqchi bo‘ladigan Zaynabdan ko‘ra dini yaxshi, Allohga taqvo qiluvchi, to‘g‘riso‘z, silai rahm qiluvchi, ko‘p sadaqa beruvchi va Allohga yaqin etadigan amallarga o‘zini bag‘ishlaydigan ayolni ko‘rmadim». Zaynab binti Jahsh (roziyallohu anho) xulafoi roshidinlardan hazrat Abu Bakr va hazrat Umar (roziyallohu anhum) davrlarini ko‘rdi. Hazrat Umar unga yiliga o‘n ikki ming dirham nafaqa tayinladi. Siyrat kitoblarida Zaynab binti Jahsh o‘sha nafaqaning barchasini sadaqa qilib yuborishi rivoyat qilingan. Oysha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy (alayhissalom): “Menga qo‘li eng uzuningiz birinchi yetishadi” (ya’ni, mendan so‘ng birinchi bo‘lib vafot etadi), deb aytardilar. U zotning vafotlaridan so‘ng birortamiz uyida yig‘ilib qolsak, qo‘llarimiz uzunligini o‘lchab ko‘rardik. Zaynab bintiJahsh vafot etguniga qadar shunday qildik. U kichkinagina ayol bo‘lib, eng uzunimiz emasdi. Alloh uni rahmatiga olsin. Shundagina biz Nabiy (alayhissalom) “qo‘li uzun” deb, ko‘p sadaqa qilishni nazarda tutganlarini tushundik. Hadis kitoblarida Zaynab onamizdan 11 ta hadis rivoyat qilingan. Zaynab binti Jahsh (roziyallohu anho) Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) xalifalik davrida, hijriy 20 yili Madina shahrida vafot etdi. Janozasini Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) o‘qib, Baqi’ qabristoniga dafn etildi. Download 124.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling