Almashlab ekish uning ahamiyati. Loyhalash va o’tmishdoshlarni tanlash I kirish: II asosiy qisim


Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish


Download 106.5 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi106.5 Kb.
#1003996
1   2   3   4   5
Bog'liq
Almashlab ekish uning ahamiyati. Loyhalash va o’tmishdoshlarni t

Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish
Ekin maydonlarining tarkibi deyilganda jami ekish maydonida ayrim turdagi ekinlar maydonining tutgan salmog`i tushuniladi. Ekin maydonlari tarkibi faqat agrotexnik tadbir bo`lib qolmay, balki yirik tashkiliy-iqtisodiy tadbir hamdir. Ekin maydonlari tuzilishi tuproq unumdorligini oshirish talabi bilan birga mahsulot turlari bo`yicha davlat reja-topshiriqlarini so`zsiz bajarish, tarmoqlarni o`zaro maqsadga muvofiq uyg`unlashtirish talablaridan ham kelib chiqadi. Shuning uchun ekin maydonlari ratsional tuzilishining asosiy vazifasi ekinzorlarning yuqori unumdorligiga erishish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotish bo`yicha reja topshiriqlarini bajarish, xo`jalik ichki ehtiyojlarini qondirish uchun zarur miqdorda mahsulot yetishtirish va uning yuksak rentabelligini ta’minlashdan iborat. Qishloq xo`jaligi korxonalarida ekin maydonlari talabiga ko`ra almashlab ekish tizimi belgilanadi.
Almashlab ekish deyilganda ekinlarning yillar davomida ma’lum dalalarda rejali tartibda navbati bilan almashib turilishi tushuniladi. Bu ta’rif almashlab ekishning tor ma’nodagi tushunchasi bo`lib, unda agrotexnikaning mohiyati aniq ifoda etilgan. Lekin almashlab ekish keng ma’noga ega bo`lib, dehqonchilik tizimi yoki boshqacha qilib aytganda, dehqonchilik madaniyatining asosini tashkil etadi. U ham agrotexnik, ham tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Tashkiliy-iqtisodiy jihatdan almashlab ekish yerdan, ishlab chiqarish vositalari va ish kuchlaridan maqsadga muvofiq foydalanishining eng asosiy sharti, korxona faoliyati rentabel bo`lishining negizidir.
Agronomik nuqtai nazardan ekinlarni rejali tartibda navbat bilan almashtirib turishning zarurligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi. Turli xil o`simliklarda ildiz tizimi turlicha chuqurlikda taraladi, shuning uchun ildizlarning tuproq har xil gorizontidagi ozuqa moddalardan foydalanishi ham turlicha bo`ladi. Hamma ekinlar tuproqdagi moddalarga ta’siri jihatdan 2 guruhga bo`linadi. Bir guruh ekinlar tuproqdan moddalarni hosil bilan olib chiqib ketadi. Boshqa guruh ekinlar havodan moddalarni olib, uni ildizida tuproqda to`playdi.
Shuning uchun bu ikki guruhga taalluqli ekinlarni o`zaro almashtirib turish tuproq unumdorligini saqlash va oshirish imkonini beradi. Ma’lum yer maydoniga bir necha yil bir xil ekin ekilaversa, yer kuchsizlanib qoladi, dalani begona o`tlar bosadi, har xil kasallik va zararkunandalar ko`payadi, nihoyat, tuproqda mikrobiologik jarayon yomonlashadi. Turli xil o`simliklar tuproq unumdorligining oshishiga turlicha ta’sir ko`rsatadi. Chunki hosil yig`ishtirib olingandan so`ng tuproqda turli miqdorda ildiz massasi qoladi. Bular tuproqda ozuqa moddalari to`plab, chirigandan so`ng, qimmatli organik o`g`itga aylanadi. Demak, ular tuproqni ozuqa moddalari bilan boyitishdan tashqari uning mexanik va fizik xossasini ham yaxshilaydi. Qishloq xo`jalik korxonalarida almashlab ekish ma’lum tizimda loyihalashtiriladi va qo`llaniladi.
Almashlab ekish asosan dalachilik, yem-xashak (ferma oldi) va maxsus almashlab ekishdan iborat uchta turga bo`linadi. Dalachilik almashlab ekishi almashlab ekishning eng ko`p tarqalgan turi bo`lib, don ekinlari, kartoshka, lavlagi, texnik va boshqa dala ekinlari yetishtirishda qo`llaniladi. Bu turdan mamlakatimiz ekinzorlarining yarmidan ko`prog`ida foydalaniladi.
Asosiy ekinga ko`ra, dala almashlab ekishi don, lavlagi, paxta beda va hokazo almashlab ekish turlariga bo`linadi. Yem-xashak chorvachilikning zarur ozuqaa talabini qondirishga yo`naltirilgan bo`lib, har xil ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun mo`ljallanadi. Yem-xashak almashlab ekishda ozuqabop ekinlar jami ekinzorning yarmidan ko`prog`ini tashkil qiladi. Ferma oldi yem-xashak almashlab ekishida ko`k o`tlar, shirali ozuqalar etishtirilishi asosiy o`rinni egallaydi va chorvachilikda yil davomida «yashil konveyer»ni tashkil qilishning asosi hisoblanadi.
Maxsus almashlab ekish maxsus sharoit va agrotexnikani talab qiladigan ekinlarda qo`llaniladi. Masalan, sho`rlangan yerlarni melioratsiyalashda qo`llaniladigan almashlab ekish, sholichilik almashlab ekishi va hokazo.
O`rta Osiyoning sug`oriladigan yerlarida g`o`za asosiy ekin hisoblanadi. Shuning uchun sug`oriladigan umumiy maydonning kamida 50-60 foizini g`o`za, qolgan 40-50 foizini g`alla, yem-xashak, ozuqa-ovqat ekinlari tashkil etishi kerak. Beda em-xashak ekinlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish turli hududlarda va hatto bir korxonada turli tuproq sharoitlarida olib borilganligi tufayli surunkasiga mo`l va arzon mahsulot yetishtirishni ta’minlash uchun hatto bir korxonada almashlab ekishning turli sxemalari qo`llanilishi mumkin. Paxtakor xo`jaliklar uchun 10 dalali (3:6:1) va 12 dalali (3:6:3) almashlab ekish sxemalari tavsiya etilishi mumkin. Bunda bo`luv nisbati bilan berilgan raqamlar ekinlar turini, ekilish navbatini va necha dalani egallashni bildiradi (3:6) sxemada birinchi raqam bedani, ikkinchi raqam g`o`zani (paxtani), uchinchi raqam g`allani bildiradi, ya’ni bu sxemada paxta-beda-g`alla almashlab ekiladi. Bu almashlab ekish sxemasida uch dalani beda, olti dalani paxta va uch dalani g`alla egallaydi. Bir dalaga 3 yil davomida beda ekilgandan keyin 6 yil paxta va uch yil g`alla yetishtiriladi. Beda birinchi yili makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`tiga, ko`k ozuqa yoki don uchun esa arpaga qo`shib ekilishi mumkin.
Yerdan yanada samaraliroq foydalanish uchun beda sepiladigan birinchi dalaga don uchun kuzgi boshoqli ekin, uning o`rniga silos uchun makkajo`xori ekishi, hosilni yig`ishtirib olish bilanoq sentabr, oktabr oylarida uchinchi asosiy ekin sifatida beda sepish ham mumkin. Almashlab ekishning 2:5:3, va 2:6:4 sxemalarida beda yolg`iz o`zi, ko`k ozuqa uchun makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`ti bilan almashtirib ekiladi, ikki yildan keyin surunkasiga 5 yil paxta ekiladi. Shundan keyin dalaga bahorgi boshoqli don, so`ngra makkajo`xori silos yoki ko`k ozuqa olish uchun ekilib, hosil yig`ishtirib olinganidan keyin oraliq sifatida ko`k ozuqa uchun javdar yoki raps ekilishi mumkin, keyin 3-4 yil yana paxta yetishtiriladi. Aniq sharoitlarni hisobga olgan holda almashlab ekishning 1:3:5, 1:3:6 sxemalari qo`llanilishi mumkin.
Keyingi 2 sxema kuchli sho`rlangan yerlar uchun mo`ljallangan bo`lib, bunda 1 dala meliorativ dala hisoblanadi. Bu dalada yerni tekislash, sho`rini yuvish ishlari olib borilib, so`ngra asosiy ekinlar belgilangan tartibda ekiladi.
12-jadval
Ekinlarni almashlab ekish chizmasi

Chizma

Paxta, beda, makkajo`xori 1:2:7, 150 ga

Dala raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Dala maydoni, ga

18

16

13

14

15

12

17

15

15

15

2000-yil

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

2001-yil

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

2002-yil

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

2003-yil

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

2004-yil

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

2005-yil

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

2006-yil

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

2007-yil

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

2008-yil

P6

P7


Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling