Almashlab ekish uning ahamiyati. Loyhalash va o’tmishdoshlarni tanlash I kirish: II asosiy qisim
Download 106.5 Kb.
|
Almashlab ekish uning ahamiyati. Loyhalash va o’tmishdoshlarni t
T - jami talab,
Xr - rejalashtirilgan hosildorlik. Korxonaning o`zida rejalashtiriladigan yilda yetishtiriladigan hosildan kelasi yil uchun urug`lik fondi tashkil etish kerak bo`lgan taqdirda shu urug`lik fondini ham ta’min etadigan hajmda ekin maydonini aniqlash uchun shu mahsulotning umumiy talabini (urug`dan tashqari) rejalashtirilgan hosildorlikni bir gektar yerga ekiladigan urug` me’yorining kamaytirilgan hajmiga bo`lish orqali aniqlanadi. Bu quyidagi formulada ko`rsatilgan: , bunda: Nu - urug`lik me’yori; Masalan: korxona rejalashtirayotgan yili davlatga buyurtma bo`yicha 5000 s, yem-xashak uchun 2000 s boshoqli don ajratishi va kelgusi yil uchun ma’lum miqdorda urug`lik fondini ham qo`shib hisoblangan donni yetishtirish uchun talab qilingan ekin maydoniga (175 ga) teng bo`ladi. Bu usulda ekin maydonlarining ilmiy asoslangan bo`lishini ta’minlash uchun turli qishloq xo`jaligi ekinlariga iqtisodiy baho berish talab qilinadi. Buning uchun quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi: 1 gektardan olingan hosil (jismoniy va ozuqa birligi hamda oqsil moddasida) bir gektarga sarf qilingan mehnat va moddiy pul xarajatlari, 1 s mahsulotning tannarxi (jismoniy va ozuqaa birligi hamda oqsil moddasida) bir gektardan olinadigan yalpi mahsulot, yalpi daromad va sof daromad. Tashkiliy jihatdan ekin maydonlari tuzilishi va almashlab ekish davlatga mahsulot sotish buyurtmalari va tuzilgan shartnomalar bajarilishini so`zsiz ta’minlashga, maqsadga muvofiq ixtisoslashuv va tarmoqlar uyg`unlashuviga to`g`ri kelishi, texnika vositalari va ish kuchlarini ish joylariga olib borish va keltirishga, ishlab chiqarishi uchun zarur moddiy resurslarni va tayyor mahsulotlarni transportda tashishiga qullaylik tug`dirishi kerak. Iqtisodiy jihatdan baho berishda quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi: almashlab ekish joriy etilgan maydonning har bir gektaridan olingan mahsulot miqdori (natura va qiymat shaklida). mehnat unumdorligi darajasi. mahsulot tannarxi va rentabellik darajasi. almashlab ekishning biror-bir tizimini o`zlashtirish va qo`llanilishi bilan bog`liq kapital sarflar va ularni qoplash muddatlari. XULOSA XX asrning ikkinchi yarmida va XXI asrning boshlarida qator global muammolar vujudga keldiki insoniyatning bundan keyingi taraqqiyoti ana shu muammolarni hal qilishga bog’liq bo’lib qoldi. Global muammolar, kishilik jamiyati hayotining barcha tomonlarini, dunyo siyosatini, iqtisodini, davlatlararo va millatlararo munosabatlarni qamrab olmoqda. Keyingi vaqtda eng muhim global muammolardan biri – ekologik muammolar bo’lib qolmoqda. O’zbekiston uchun ham eng muhim imperativ ( yechilishi va hal qilinishi absolyut zarur bo’lgan muammolar ) muammolardan biri yerlarning eroziyaga uchrashi – cho’llashishdir. Shuning uchun ham bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo’lib, Qashqadaryo viloyati xo’jaliklarida sug’orma dehqonchilik qilinadigan hududlari belgilab berilgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib vazifalarni amalga oshirdi. Respublikamizning umumiy yer fondi 16,6 mln ga tashkil etib, shundan 5,3 mln ga qishloq xo’jaligi uchun yaroqlidir. Shu jumladan 419,4 ming ga ekin yerlar hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatida haydalib ekin ekiladigan yerlar maydoni 537,1 ming ga. Ga yaqin bo’lib shundan 166,9 ming ga yerlar lalmikor dehqoncnilikda foydalaniladi. Viloyatda sug’oriladigan maydonlar 507677 gektar( 2009 y.), shundan kuchli sho’rlangan yerlar 13328 gektarni tashkil qiladi. Viloyat hududida keyingi ikki o’n yillikda tuproqning sho’rlanish darajasi ortib borganini ko’ramiz. Xususan 1990 yilga nisbatan 2008 yilda sho’rlanmagan yerlar maydoni 64,8 % dan 51,4 % ga pasaygan, ayniqsa kuchsiz sho’rlangan yerlar maydoni 22,3 % dan 33,0 % ga , o’rtacha sho’rlangan yerlar maydoni 9,1 % dan 12 % ga o’sgan.Kuchli cho’rlangan yerlar maydoni 3,7 foizdan 3,6 foizga atigi 0,1foizga pasaygan.Bunday holat hamma tumanlarda bir xilda emas. Sho’rlangan yerlarning asosiy qismi yangidan o’zlashtirilgan cho’l hududlarda joylashgan tumanlarga to’g’ri keladi. 1.Yerning sifatini hisobga olish uning tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi sifatidagi qimmatini belgilab beruvchi belgilar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunday belgilar jumlasiga yerlarning tuproq, o’simliklar va rel’ef tuzilishi bo’yicha tavsifi tuproqning suv va shamol eoziyasiga uchraganligi, botqoqlshganligi, sho’rlanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar, oziqlanuvchi moddalar bilan ta’minlanganligi va boshqalar kiradi. Bu omillarni hisobga olgan holda yer resurslaridan omilkorlik bilan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. 2.Viloyat yer resurslarini muhofaza qilish inspeksiyasi yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir tadbirlar ishlab chiqilgan. Shu maqsadda, tumanlardagi nazoratchilar suv ko’tarish va energetika boshqarmasi, gidrogeologiya boshqarmasi ishlsnishni doimiy ravishda nazorat qilish va ularga kamchiliklarni bartaraf qilishda ko’maklashishlari, tozalanayotgan zovurlarning sifatini tekshirishlari lozim. 3. Yer tuzulishi va yerdan foydalanish, mineral o’g’itlar va zararli ximikatlardan foydsalanishda agrotexnika qoidalariga rioya qilish, ularni saqlash ishlari ham doimo nazoratda bo’lishi kerak. 4. Yer resurslarini muhofaza qilishda quyidagilarga rioya qilish zarur; yer resurslarini muhofaza qilishda iqtisodiy javobgarlikni yo’lga qo’yish; yer resurslaridan unumli foydalanish borasida keng jamoatchilik orasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish; kollektor va zovur tarmoqlarini ta’mirlash; yer va suv resurslaridan foydalanishda to’lo yo’lini amalga oshirish; meliorativ chora – tadbirlarni uzliksiz olib borish va boshqalar. -
Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling