Alohida ehtiyojli bolalar inkluziyasi


Download 15.77 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi15.77 Kb.
#1776502
Bog'liq
ALOHIDA EHTIYOJLI BOLALAR INKLUZIYASI. Sotvoldiyeva M


ALOHIDA EHTIYOJLI BOLALAR INKLUZIYASI
Isodullayeva Iqboloy - Farg‘ona davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi Maxsus pedagogika yo’nalishi o’qituvchisi
Sotvoldiyeva Madina Rustam qizi - Farg‘ona davlat universiteti Maxsus pedagogika yo’nalishi talabasi
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi alohida ehtiyojli bolalarni qo’llab-quvvatlash va inklyuziv ta’limni rivojlantirish, inklyuziv ta’lim bo’yicha turgan asosiy vazifasi – sog’lig’ida imkoniyati cheklangan bolalarga o’z tengdoshlari qatorida ta’lim berish va shu bilan bir vaqtda ularning ehtiyoji hamda qobiliyatiga qarab individual yondashish haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: alohida ehtiyojli bolalar, inklyuziv, ijodiy yondashuv, individual yondashuv, imkoniyati cheklangan bolalar, pedagogik qarovsizlik, tug‘ma anomaliya.
Zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri – bu alohida ehtiyojli bolalarga g’amxo’rlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv ta’limni joriy etish orqali sifatli ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi alohida ehtiyojli bolalarni qo’llab-quvvatlash va inklyuziv ta’limni rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. “Biz hammamiz boshqachamiz, ammo barchamiz tengmiz” – ushbu aqida maktabgacha ta’lim tizimining asosiy mezonlaridan biridir.
Inklyuziv ta’lim – bu tabiiy jarayon bo’lib, pedagogik xodimlar va ota-onalar tomonidan ta’lim jarayoniga ijodiy yondashuvni o’zida aks ettiradi. Har bir bola o’ziga individual yondashuvni talab qiladi, barcha ta’lim olish va jamiyatda o’z imkoniyatlarini to’la namoyon qilish huquqiga ega.
Dunyoning tez o’zgarib borishi sharoitida maktabgacha ta’lim tizimidagi har bir pedagogning oldida inklyuziv ta’lim bo’yicha turgan asosiy vazifasi – sog’lig’ida imkoniyati cheklangan bolalarga o’z tengdoshlari qatorida ta’lim berish va shu bilan bir vaqtda ularning ehtiyoji hamda qobiliyatiga qarab individual yondashishdir.
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto’g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo bulishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o‘qituvchining bolaga noto‘g‘ri munosabati va boshqa kupgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir kursatib, uning dastur materiallarini yaxshi uzlashtira olmasligiga, ulgurmovchi uquvchilar orasiga qo‘shilib qolishiga sabab buladi. Shunday bulsada, biz bunday bolani anomal bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bulmasin biror organik yoki funksional patologik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
Tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarni anomal bolalardan farqlay oladigan bo‘lishlari kerak. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday anomal rivojlanish tug‘ma yoki turmushda orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma anomaliyalar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan eshitish, ko‘rish analizatori faoliyatining buzilishi, aqliy zaifliklrning nasldan bolaga o‘tishi ham kuzatiladi (fenilketonuriya, Daun kasalligi, rezus faktorning mos kelmasligi va boshqalar).
Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning anomal bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan og‘rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi ham anomal rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimizda bolalar anomaliyasining oldini olish yuzasidan .ko‘pgina choralar ko‘rilmoqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O‘zbekistonda aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan anomal bolalr soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak, o‘lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar orqasida anomal bo‘lib qolish hodisalari uchrab turadi. Irsiy omillar hamda intoksikatsiya va organizm shakllanayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning anomal bo‘lib qolish hollari hali ham uchrab turadi.
Inklyuziv ta’lim tizimi alohida yordamga muhtoj bolalarning hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli inklyuziv ta’limni tashkil etishga uning maqsadi, tamoyillari va vazifalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar ta’lim tarbiyasi, ularni o‘qish va yozishga o‘rgatish muammolari, ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko‘mak berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus soha xodimlari hamda alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning ota-onalariga amaliy yordam berilmoqda.
Hamma bolalar turli xil, har bir bola noyob. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, turli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’z kasbiy faoliyatini amalga oshiradigan ta’lim munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun juda murakkab vazifa – o’quv jarayonida pedagog bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olishi kerak bo’lgan maktabgacha ta’limni individuallashtirishdir.
Har qanday yangilik kabi inklyuziv amaliyot ham yuqori sifatli natijalarga erishish uchun ta’lim munosabatlarining barcha ishtirokchilari tomonidan maxsus professional va ayni paytda ijodiy yondashuvni talab qiladi. Avvalo, inklyuziv maktabgacha ta’limning muvaffaqiyati pedagoglarning inklyuziya muammolarini hal qilishga tayyorlik darajasiga, shtatdagi mutaxassislar, psixologlar, o’qituvchidefektologlarning to’liqligiga, shuningdek, pedagoglar, ota-onalar va maktabgacha ta’limning muvaffaqiyati pedagoglarning inklyuziya muammolarini hal qilishga tayyorlik darajasiga, shtatdagi mutaxassislar, psixologlar, o’qituvchidefektologlarning to’liqligiga, shuningdek, pedagoglar, ota-onalar va maktabgacha ta’lim psixologlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sifatiga bog’liq.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Grosheva I.V., Nazarova E.N., Nekrasova Ye.A., TSay Ye.F., Abdullaeva B.P., Muxitdinova U.T. 2-7 yoshli maxsus ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan o’quv dasturi, birinchi nashr, 2019 y.

  2. Potapova O.E. "Inklyuzivnыe praktiki v detskom sadu". Uslubiy tavsiyanoma, Moskva, 2016 y.

  3. Mixeeva Ye.V. «Особые детки» Разработка адаптированной образовательной программы дошкольного образования. Orenburg , 2018 y.

Download 15.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling