Aloqa tugunlari
Tezkor-texnik xizmatning asosiy vazifalari quyidagilar
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi
- Texnik tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi
Tezkor-texnik xizmatning asosiy vazifalari quyidagilar:
– ATlarda barcha turdagi axborotlarni tasdiqlangan nazorat muddatlarida o‘tishini ta’minlash; – ATga berilgan chizma-buyruqlar (farmoyishlar) bilan ko‘zda tutilgan aloqalarni o‘z vaqtida va sifatli o‘rnatilishini ta’minlash; – o‘rnatilgan aloqalarning axborot almashinishga doimiy shayligini ta’minlash; – ATning aloqa va MTT vositalaridan mo‘ljallanishi bo‘yicha foydalanishga doimiy texnik shayligini ta’minlash; – AT va uning elementlaridagi navbatchilikni rahbariy hujjatlar talablariga mos holda aniq olib borilishini tashkil qilish va ta’minlash. ATlarda ushbu vazifalar tezkor va texnik tadbirlarni bajarish orqali hal etiladi. Tezkor tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – aloqa bilan ta’minlash va aloqa tizimini faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha farmoyishlarni va buyruqnomalarni olishni hamda ularning bajarilishini tashkil qilishni; – ATda navbatchilikni tashkil qilishni va navbatchilik olib borish jarayonida navbatchilar smenasini boshqarishni; – buyruq, farmoyish va jangovar boshqaruvning boshqa komandalarini uzatishni (qabul qilishni), AT orqali barcha turdagi axborotlarning o‘z vaqtida o‘tishini ta’minlashni; – aloqalarning, aloqa apparaturalari (vositalari), kanallari (liniyalari) va MTT vositalari holatini nazorat qilib borishni hamda ularni tiklash bo‘yicha choralar ko‘rishni; – aloqa vositalari (apparaturalari) dan foydalanilganda aloqa va axborot xavfsizligini ta’minlashni; – ATga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ishni, tahlil qilishni va umumlashtirishni hamda ularning hal qilinish sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy tadbirlarni ishlab chiqishni; – rahbariy hujjatlar bilan belgilab qo‘yilgan hujjatlarni ishlab chiqishni va yuritishni. Texnik tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – aloqa va MTT vositalariga o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatishni, ta’mirlashni va ularning texnik holatini nazorat qilib borishni; – texnik vositalar ekspluatasiyasini va ta’mirlashni rejalashtirish va hisobini yuritishni; – aloqa sifatining buzilishiga yoki yomonlashuviga, aloqa texnikasi va liniyalarining, MTT vositalarining nosozligiga sabab bo‘luvchi omillarni o‘z vaqtida aniqlashni va bartaraf etilishini; 15 – aloqa apparatura (vosita) lari, kanal (liniya) lari va MTT vositalari parametrlarini reja asosida tekshirilib borilishini hamda ularni ekspluatasion me’yorlarga keltirilishini; – aloqa mulkining, MTT vositalarining belgilangan zaxiralarini yaratishni, ularning hisobini yuritishni va saqlashni; – ATda texnik ekspluatasiya holati bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ilishni, umumlashtirishni va tahlil qilishni hamda uning sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy tadbirlarni ishlab chiqishni; – zarur ekspluatasion-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni va yuritilishini; – sarf qilingan va yo‘qotilgan aloqa vositalari va boshqa mulk o‘rnini o‘z vaqtida to‘ldirilib borilishini. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling