Aloqa tugunlari


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI



1 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
HARBIY KAFEDRA 
 
 
 
Raximov Sh.M., Egamberdiyev M.P. 
 
ALOQA TUGUNLARI 
 
O‘quv qo‘llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 2018 


2 
Mualliflar: Sh.M. Raximov, M.P. Egamberdiyev. “Aloqa tugunlari”. 
O‘quv qo‘llanma – Toshkent: TATU. 2018 – 84 b. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi 
boshlig‘ining 2004 yil 6-iyuldagi 64-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 
aloqa tugunlari, uning elementlari va aloqa tugunlarida tezkor – texnik xizmatni 
tashkillashtirish bo‘yicha barcha ma’lumotlar to‘liq yoritilgan. 
Qo‘llanma Toshkent axborot texnologiyalari universiteti harbiy kafedrasi 
talabalarining “Taktik maxsus tayyorgarlik” fani o‘quv dasturiga mos ravishda yaratildi. 
O‘quv qo‘llanmada aloqa tugunlari, ularning tasnifi, ekspluatatsiyasi va boshqaruvini 
tashkil etish ko‘rib chiqildi. 
Aloqa tugunlarida navbatchilikni tashkil etish, javobgar shaxslarining majburiyatlari, 
aloqa tugunini belgilangan jangovar shaylik darajasiga keltirish haqida ma’lumotlar berildi. 
Radioelektron vositlarning elektromagnit moslashuvi muammolari, radiohalaqit 
turlari, radioelektron moslashuvni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar yoritildi. 
Mazkur o‘quv qo‘llanma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU harbiy 
kafedrasida tahsil olayotgan talabalar, TATU Maxsus fakulteti kursantlari, O‘R Mudofaa 
vazirligi “Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi” aloqa yo‘nalishi kursantlari, 
shuningdek O‘R Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan aloqachilar uchun o‘quv 
jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarga, 
kursantlarda va harbiy xizmatchilarga aloqa tugunlari, ularni boshqarish va ekspluatatsiya 
qilish, aloqa tugunlarining tarkibi va joylashuvi bo‘yicha nazariy va amaliy jihatdan 
bilimlarini oshirish uchun xizmat qiladi. 
O‘quv qo‘llanma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot 
texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qarori bilan chop etishga tavsiya 
etildi (2018 yil “___” _________ , ____ – sonli bayonnoma). 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari 
universiteti, 2018 


3 
KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni 
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 
yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida ta’kidlaganidek 
mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash, armiya va xalq birligini ta’minlash borasida joylardagi davlat hokimiyati 
organlarining rolini oshirish bo‘yicha ishlar butunlay yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. 
Hozirga Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan izchil islohatlarning natijasida 
harbiy aloqa mutaxasislariga qo‘yilgan talablar yanada oshmoqda. To‘g‘ri tashkil etilgan 
aloqa qo‘shinlarni, kuchlarni ishonchli boshqaruvini va qo‘yilgan vazifalarni 
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydi. 
Shiddat bilan o‘zgaruvchi zamonaviy jang sharoitida, qo‘shinlarni, kuchlarni va 
qurollarni boshqarishda harbiy aloqachi mutaxassislar uchun aloqa tugunlari, ularning 
ekspluatatsiyasi va boshqarilishini tashkil etish, aloqa tugunini belgilangan jangovar 
shaylik 
darajasiga 
keltirish, 
radioelektron 
vositlalarning 
elektromagnit 
moslashuvchanligiga doir bilimlar muhim o‘rin tutadi. 
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda ushbu o‘quv qo‘llanmada aloqa tugunlari, 
ularning tasnifi, aloqa tugunlari ekspluatatsiyasi va boshqaruvini tashkil etish, unda 
navbatchilikni olib borish, javobgar shaxslarning majburiyatlari, aloqa tugunlarida 
radioaloqa vositalarini samarali joylashtirish, ularning elektromagnit moslashuvi bo‘yicha 
barcha ma’lumotlar yoritib berilgan. 
Har qanday jangni olib borish komandirlar va shtablar tomonidan amalga 
oshiriladigan – jangni tayyorlash, uni rejalashtirish va tashkillashtirish kabi qator tadbirlar 
o‘tkazilishini taqozo qiladi. Ushbu tadbirlarning to‘liqligi va sifatli bo‘lishiga jangni 
tayyorlash va olib borish davomida bo‘linmalarni boshqarishni yaxshi tashkillashtirish 
orqali erishiladi. 
Aloqa tizimi boshqaruv tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. U aloqa 
kuch va vositalarini tashkiliy-texnik birlashtiradi va komandirlar va shtablarga jangda 
bo‘linmalarni boshqarishni ta’minlab berishga xizmat qiladi.
Boshqaruvni tashkillashtirish sifati jang yakuniga uzil-kesil ta’sir qiladi va u birinchi 
navbatda aloqani tashkillashtirishning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Aloqa vositalarini qo‘llash – boshqaruvning eng samarali, zamonaviy va keng 
tarqalgan usuli hisoblanadi. Bunda aloqa uchun asosan elektr, ya’ni simli va radioaloqa 
vositalari qo‘llaniladi, yuqori boshqaruv bo‘g‘inlarida bulardan tashqari radiorele aloqasi, 
stasionar boshqaruv punktlari va boshqa obyektlar o‘rtasida aloqani ta’minlash uchun esa 
optik tolali aloqa tizimlari ham qo‘llaniladi. Bularning barchasi asosan aloqa tuguni 
tarkibida qo‘llaniladi, kam ucharydigan hollarda alohida qo‘llanilishi mumkin. 


4 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling