Aloqa tugunlari
AT ekspluatasiyasini va boshqarishni tashkil qilish
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATni boshqarishni tashkillashtirish.
- AT boshlig‘i
- ATni (AT elementlarini)
1.2. AT ekspluatasiyasini va boshqarishni tashkil qilish
AT ekspluatasiyasi – ATning yuqori jangovar shayligini ta’minlashga va uni mo‘ljallanishi bo‘yicha samarali ishlatishga qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar majmuidir. AT ekspluatasiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – ATni boshqarishni tashkillashtirishni; – ATda tezkor-texnik xizmatni tashkillashtirishni; – aloqa va axborot xavfsizligini hamda chet el texnik razvedkasiga qarshi harakatlarni tashkillashtirishni; – aloqa va muhandis-texnik tizim vositalarining texnik ekspluatasiyasini tashkillashtirishni. ATni boshqarishni tashkillashtirish. ATni boshqarishni tashkillashtirish bo‘yicha tadbirlar ATga qo‘yilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydigan muhim tadbirlardan biridir. ATni boshqarish ATning tezkor-texnik imkoniyatlaridan samarali foydalanishni va vaziyatning har qanday sharoitlarida unga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlashi lozim hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – ATni jangovar shaylikning belgilangan darajalariga keltirish rejalarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni ishlab chiqishni va bajarishni; – ATni jangovar, tezkor, maxsus, texnik va ichkari ta’minotini tashkillashtirishni va olib borishni; – tezkor-texnik xizmatni tashkillashtirishni va unga rahbarlik qilishni; – AT elementlari o‘rtasida, O‘R QKning boshqa ATlari bilan, davlat aloqa tarmog‘i korxonalari bilan, turli vazirlik va idoralar aloqa tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkillashtirishni va ushlab turishni; – kundalik ekspluatasiya jarayonida va dushman ta’sir ko‘rsatganda ATning yashovchanligini ta’minlashni; – aloqa va axborot xavfsizligini hamda chet el texnik razvedkasiga qarshi harakatlarni, shuningdek maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishni; – AT ekspluatasiyasi holati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni, tahlil qilishni va umumlashtirishni, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishni, ATning jangovar shayligini yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishni va bajarishni. ATni boshqarishni amalga oshirish uchun boshqaruv tizimi yaratiladi, u: – boshqaruv organlarini; – boshqaruv punktlarini; – xizmat aloqa tarmog‘ini; – avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalarini o‘z ichiga oladi. 10 ATni boshqaruv organlari bo‘lib ham tinchlik davrida, ham urush davrida AT ekspluatasiyasiga rahbarlik qilish uchun tuziladigan AT va uning elementlarining boshqarmasi (qo‘mondonligi), shtatdagi va vaqtincha guruhlar (hisoblar) sanaladi. AT boshlig‘i kundalik sharoitda ATni boshqarishni AT bo‘yicha navbatchi orqali amalga oshiradi, ATBN navbatchilikni olib borish jarayonida navbatchi smenani bevosita boshqaradi. Tezkor vaziyat va aloqa bo‘yicha vaziyat qo‘qqisdan o‘zgargan hollarda, AT jangovar shaylikning yuqori darajalariga o‘tkazilganda, avariya holatlarida va tabiiy ofatlar ro‘y berganda ATni boshqarishni bevosita AT boshlig‘i va AT elementlari boshliqlari amalga oshiradi. Mansabdor shaxslar va navbatchi smena shaxslari ATni (AT elementlarini) Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling