Aloqa tugunlari
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radiotarmoq orqali boshqarish
(farmoyishlar) jurnaliga yozib qo‘yiladi.
Aloqani o‘rnatish (qayta tiklash), muhandis-texnik tizim texnik vositalarini u yoki bu ish rejimiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar mos aloqa boshlig‘idan JP NHRgacha bo‘ysunuvi bo‘yicha qo‘yiladi. ATni va uning elementlarini boshqarish uchun ATni boshqarish tizimi va xizmat aloqasi tarmog‘i yaratiladi, u boshqaruv tuzilmasiga mos kelishi kerak. Xizmat aloqasi tarmoqlarida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” telefon, shu jumladan baland ovozli aloqalar ham, shtabning (BPning) ATSiga ulangan, ATni boshqarishning avtomatlashtirish vositalarining lokal tarmog‘iga ulangan aloqalar ham qo‘llanilishi mumkin. Xizmat aloqasi tarmoqlarini yaratishda boshqa ATlarning va davlat aloqa tarmog‘i korxonalarining mansabdor shaxslari bilan ham aloqa ko‘zda tutiladi. Daladagi (harakatdagi) ATni boshqarishni ta’minlash uchun daladagi AT boshlig‘ining radiotarmog‘i, baland ovozli xizmat aloqasi va telefon tarmog‘i ishlatiladi. Radiotarmoq orqali boshqarish marsh o‘tkazish davrida, daladagi ATni yoyishning dastlabki bosqichida va yig‘ishda amalga oshiriladi. Odatda bu radiotarmoq tarkibiga: daladagi AT boshlig‘ining, elementlar va alohida joylashadigan vositalar guruhlari boshliqlarining radiostansiyalari kiradi. Texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa, ushbu radiotarmoq tarkibiga dala ATning barcha apparatxonalari va stansiyalari radiostansiyalari kiritilishi mumkin. Daladagi (harakatdagi) AT elementlari bilan bog‘lanish liniyalari orqali xizmat aloqasi o‘rnatilishi bilanoq, ular bilan radioaloqa to‘xtatiladi. Daladagi (harakatdagi) ATlarda xizmat (baland ovozli va telefon) aloqasi ushbu maqsad uchun ajratilgan AT ichki bog‘lanish liniyalari, uzatkichlar guruhlarini va chiqarilgan radioelektron vositalar guruhlarini masofadan boshqarish kanallari va liniyalari, shuningdek shu maqsad uchun maxsus yoyilgan liniyalar orqali ta’minlanadi. Daladagi ATBPdan xizmat aloqasi quyidagicha tashkil qilinadi va ta’minlanadi (odatda): – BP tezkor navbatchisi bilan – baland ovozli qabul qilish imkoniyati bilan; – aloqani BP bilan – baland ovozli qabul qilish imkoniyati bilan va telefon; – aloqa harbiy qismi QP bilan – baland ovozli va (yoki) telefon; – hamkorlikdagi ATlarning BPlari bilan – ochiq va yopiq telefon; – ATEBPlari bilan – baland ovozli qabul qilish imkoniyati bilan. ATEBPdan xizmat aloqasi quyidagicha tashkil qilinadi va ta’minlanadi: – ATBP bilan – baland ovozli qabul qilish imkoniyati bilan; – element tarkibiga kiruvchi apparatxonalar, stansiyalar (JPlar) bilan – baland ovozli, chaqiriqni ovoz orqali qabul qilish imkoniyati bilan. Hamkorlik qiluvchi elementlar BP bilan apparatxonalar, stansiya (JP) lardan xizmat aloqasi quyidagicha tashkil qilinadi va ta’minlanadi: – elementlarning BPlari bilan – baland ovozli, chaqiriqni ovoz orqali qabul qilish imkoniyati bilan; – ATning o‘zaro hamkorlik qiluvchi apparatxonalari bilan – telefon bilan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling