Aloqa tugunlari


 ATda shaxsiy tarkibni mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga tayyorlash


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

2.2. ATda shaxsiy tarkibni mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga tayyorlash 
va ruxsat berish 
Shaxsiy tarkib, mustaqil navbatchilikka birinchi marta tushishdan oldin
tayyorgarlikdan o‘tadi, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
– bo‘linma tarkibida jangovar tayyorgarlik dasturi bo‘yicha boshlang‘ich o‘qitish 
davri (alohida hollarda navbatchi smena tarkibida), davomiyligi va mazmuni harbiy 
xizmatchi, ishchi va xizmatchilarning maxsus tayyorgarligi darajasiga qarab AT boshlig‘i 
tomonidan aniqlanadi. Boshlang‘ich o‘qitish davri tugagach, “O‘R QK aloqaning texnik 
ta’minoti bo‘yicha Qo‘llanma”da (rus. RTOS-2003) belgilangan tartib bo‘yicha, shaxsiy 
tarkibning aloqa texnikasida, QABT va MTT vositalarida mustaqil ishlashi uchun ruxsat 
beriladi; 
– AT boshlig‘i rejasi bo‘yicha, AT elementlari boshliqlari rahbarligida va bevosita 
navbatchilikni olib borayotgan NHR nazorati ostida ATda navbatchi smena tarkibidagi 
stajirovka o‘tkaziladi. Har bir stajyor AT boshlig‘i buyrug‘i bilan JPNH tarkibiga kiritiladi, 
bunda uning stajirovkasini nazorat qilib boruvchi NHR ham ko‘rsatiladi. Stajirovkaning 
davomiyligi va muddati AT boshlig‘i tomonidan ikki haftadan ikki oygacha o‘rnatiladi. 
Stajirovka davrida AT shaxsiy tarkibi quyidagilarga majbur: 
– AT tezkor-texnik hujjatlarini egallab turgan lavozimi hajmida o‘rganishi; 
– AT (AT elementi) tomonidan hal qilinadigan vazifalarni o‘rganishi; 
– yuklatilgan vazifalarni o‘rganishi va ularni bajarish bo‘yicha aniq ko‘nikmalar hosil 
qilishi; 
– xizmat ko‘rsatiladigan texnika bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishi hamda aloqani 
ta’minlash bo‘yicha aloqa va MTT apparaturalarida (vositalarida) ishlash amaliy 
ko‘nikmalarini egallashi; 
– “Qoidalar”ning, AT (ATE) da ishlab chiqilgan tezkor-texnik xizmat bo‘yicha 
rahbariy hujjatlarning asosiy talablarini chuqur o‘zlashtirishi. 
ATBNning stajirovkasi AT boshlig‘i tomonidan, ATEBN stajirovkasi esa – ATE 
boshlig‘i tomonidan tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. 
Aloqa va MTT texnikalarida mustaqil ishlash uchun ruxsat ololmagan shaxsiy tarkib 
ATda navbatchi smena tarkibida stajirovkaga qo‘yilmaydi. 


20 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling