Aloqa tugunlari


 ATda mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga ruxsat olish uchun


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

2.3. ATda mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga ruxsat olish uchun 
sinovlarni topshirish 
ATda mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga ruxsat berish uchun sinovlar AT 
boshlig‘i buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan qabul qilinadi. 
Komissiya shaxsiy tarkibdan quyidagilarni tekshiradi: 
– JP NHRning vazifalari va majburiyatlarini bilishini; 
– “Qoidalar”ni va navbatchi smena shaxslariga yo‘riqnomalarni bilishini; 
– aloqa va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni hamda xavfsizlik 
texnikasi va yong‘in xavfsizligi qodalarini bilishini; 
– mustaqil ravishda navbatchilikni olib borish, avariyaviy holatlarda hamda aloqa 
bilan ta’minlash bo‘yicha, aloqa va MTT apparaturalarida (vositalarida) ishlash bo‘yicha, 
barcha turdagi axborotlarni o‘tishini ta’minlash bo‘yicha va uskunalarni ekspluatasiyasi 
bo‘yicha o‘rnatilgan me’yorlarini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini. 
Mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga ruxsat berish uchun sinovlar natijalari 
bo‘yicha dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma, har bir tekshiriluvchi bo‘yicha baholar va 
xulosalar bilan, unga ruxsat etiladigan JP ko‘rsatilgan holda, AT boshlig‘iga tasdiqlash 
uchun taqdim etiladi. 
Tasdiqlangan dalolatnomaga asosan, ATning tegishli JPida mustaqil ravishda 
navbatchilikni olib borishga ruxsat berish uchun AT boshlig‘i buyrug‘i chiqariladi. 
Ishchi va xizmatchilarga mustaqil ravishda navbatchilikni olib borish uchun ruxsat 
berish tartibini, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibga mos ravishda, Mehnat haqidagi 
qonunlarni va tibbiyot xulosalarini hisobga olgan holda, AT boshlig‘i belgilaydi. 
Navbatchilikni olib borishdagi tanaffus uch oydan oshgan mutaxassislarning 
mustaqil ravishda navbatchilikni o‘tashga tayyorligini aniqlash uchun takroriy 
tekshiruvga jalb etiladilar. 
Mutaxassisni boshqa bir JPda mustaqil ravishda navbatchilikni o‘tashga tayyorlash va 
ruxsat berish tartibi yuqorida ko‘rsatilgan tartibda o‘tkaziladi. Bunda, uning stajirovkasi 
davri ushbu JPga birinchi marta kelganlarnikiga nisbatan qisqartirilishi mumkin. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling