Aloqa tugunlari


 Navbatchi smena shaxslariga yo‘riqnoma berish va navbatchilikka tushish tartibi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

2.5. Navbatchi smena shaxslariga yo‘riqnoma berish va navbatchilikka tushish tartibi 
Navbatchilikka tushishdan oldin navbatchi smena shaxslariga yo‘riqnoma berish AT 
boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan uslubda o‘tkaziladi, unda mas’ul shaxslar; yo‘riqnomani 
o‘tkazish joyi, vaqti, davomiyligi va tartibi; tushadigan navbatchi smena shaxslariga 
tekshirish, aniqlashtirish va yetkazish uchun savollari ro‘yxati belgilab qo‘yiladi. 
ATBNga navbatchilikka tushishdan oldin yo‘riqnoma berishni va bilimlarini 
tekshirishni AT boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadi, ATEBNga esa – ATE 
boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlari o‘tkazadilar. 
Yo‘riqnoma berish davomida AT (ATE) boshlig‘i: 
– ATBNning e’tiborini jangovar boshqaruv signallari va boshqa axborotlarning 
tasdiqlangan nazorat muddatlarida o‘tishini ta’minlashga qaratadi; 
– ATBNga aloqa chizmasidagi hamda o‘ta muhim aloqalarning, QABT va MTT ish 
rejimlaridagi o‘zgarishlarni yetkazadi; 
– navbatchi smena shaxsiy tarkibi harakatlaridagi kamchiliklarni tahlil qiladi hamda 
ularni takrorlamaslik choralarini ko‘rsatadi. 
ATning (ATEning) navbatdagi navbatchi smenasi butun shaxsiy tarkibiga bevosita 
navbatchilikka tushishdan oldingi yo‘riqnoma ATBN (ATEBN) tomonidan o‘tkaziladi. 
Yo‘riqnoma o‘tkazishda harbiy xizmatchilarning tashqi ko‘rinishi va ekipirovkasi
ularning navbatchilikni olib borishga tayyorlik darajasi tekshiriladi, oldinda turgan 
navbatchilik bo‘yicha vazifalar qo‘yiladi va ko‘rsatmalar beriladi, shundan so‘ng 
navbatchilikka tushish haqidagi buyruq o‘qib yeshittiriladi. 
2.6. ATda navbatchilikni olib borish 
Shaxsiy tarkib, JPga kelishi bilan, navbatchilikni qabul qiladi, bunda quyidagilarni 
tekshiradi: 
– amaldagi aloqaning holati; 
– aloqa va QABT apparaturalari (vositalari), kanallari (liniyalari) hamda MTT 
vositalari va mulkning mavjudligi, sozligi va ish qobiliyati; 
– JP uchun tezkor-texnik xizmat bo‘yicha belgilangan hujjatlarining mavjudligi; 
– o‘tgan smenada kelib tushgan buyruqnoma va farmoyishlarning bajarilganligi; 
xizmat aloqasining, signalizasiya va yoritgichlarning sozligi; 
– himoya va yong‘inni o‘chirish vositalarining holati; 
– JPning holati (akkumulyator xonalari, stansiyalar va h.k.). 


22 
Navbatchilikni qabul qilish-topshirish paytida kelib tushgan signal (komanda), 
buyruq, farmoyishlarni qabul qilish (uzatish) va manziliga yetkazish uchun hamda 
so‘zlashuvlarni taqdim etib berish uchun navbatchilikni topshirayotgan NHR javob beradi. 
JP NHRlari navbatchilikni qabul qilgani (topshirgani) to‘g‘risida navbatchi hisob 
boshlig‘iga bildirgi beradilar
va navbatchilikni olib borish jurnaliga (texnik yoki apparat 
jurnaliga) vaqtini ko‘rsatgan holda yozib qo‘yadilar. 
Navbatchi smena shaxsiy tarkibi navbatchilikni qabul qilganliklari (topshirganliklari) 
to‘g‘risida bo‘ysunuvi bo‘yicha bildirgi beradilar va navbatchilikni olib borish jurnaliga 
vaqtni va aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda yozib qo‘yadilar. 
ATBN smena shaxsiy tarkibining navbatchilikni qabul qilgani (topshirgani) 
to‘g‘risida AT boshlig‘iga va AT bo‘ysunadigan aloqani boshqaruv punktiga doklad qiladi. 
Navbatchilikni qabul qilish va topshirish uchun ketadigan vaqt AT boshlig‘i tomonidan 
belgilanadi. 
Navbatchilikni qabul qilgan vaqtidan boshlab, JP NHR aloqaning to‘g‘ri ishlashi va 
talab qilingan sifatini ta’minlab berish uchun, axborotning tasdiqlangan nazorat vaqtlarida 
o‘tishini ta’minlash uchun, hujjatlarning saqlanishi uchun, JP moddiy qismlarining va 
barcha uskunalarining sozlik holati va jangovar shayligi uchun javob beradi. 
AT navbatchi smenasi shaxsiy tarkibi navbatchilikni olib borish davomida 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling