Aloqa tugunlari
Jangovar boshqaruv signali qabul qilingan (uzatilgan) va bildiruv berilgan
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
Jangovar boshqaruv signali qabul qilingan (uzatilgan) va bildiruv berilgan
(topshirilgan) vaqtlari soat, daqiqa va soniyalarda qayd etiladi. Telefon markazi (stansiyasi) JP NHR quyidagilarga majbur: – muxbir(abonent)larning chaqiruv signallariga zudlik bilan javob berishga; – abonentlarni belgilangan me’yoriy vaqtlarda ulashga; – abonentlarga telefon so‘zlashuvlarini taqdim etishni belgilangan navbat bilan ta’minlashga; – o‘ta muhim telefon so‘zlashuvlarini olib borish huquqidan foydalanuvchi abonentlar javob bermagan taqdirda, ularning joylashgan joylarini aniqlashga va so‘zlashuvni ta’minlashga; – asosiy yo‘nalishlarda aloqa bo‘lmaganda so‘zlashuvlarni aloqaning aylanib o‘tuvchi yo‘nalishlari orqali ta’minlashga; – barcha olib borilgan o‘ta muhim so‘zlashuvlar haqida, shuningdek so‘zlashuvlarni ta’minlashdagi ushlanishlar (yoxud ta’minlanmaganligi) haqida JP NH boshlig‘iga (ATEBNga) bildiruv berishga. 30 3.2. Aloqani, QABTni va MTTni qo‘llashga doimiy shaylikda ushlab turish bo‘yicha AT navbatchi smenasi shaxslarining majburiyatlari ATBN (ATEBN, JP NHBoshlig‘i) quyidagilarga majbur: – amaldagi aloqaning holatini hamda QABT va MTT vositalarining ish faoliyatini doimo nazorat qilib borishga; – zaxiradagi aloqa vositalari va kanal(liniya)larini, QABT va MTT vositalarini qo‘llashga shayligini ta’minlashga; – aloqaning, QABT va MTT vositalarining ish faoliyati buzilishi (sifati yomonlashishi) ehtimoliy sabablarini tezkorlik bilan aniqlashga va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishga; – ishlab turgan va zaxiradagi aloqa, QABT va MTT vositalariga, aloqa kanal(liniya)lariga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilishini nazorat qilishga; – o‘z vaqtida aloqaning holati, QABT va MTT vositalari ishlashi haqida bo‘ysunuvi bo‘yicha bildiruv berishga; – belgilangan hujjatlarni yuritishga. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling