Aloqa tugunlari


Amaldagi va zahiradagi aloqa kanallari holatini ularni oxirgi uskunalardan uzib


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

Amaldagi va zahiradagi aloqa kanallari holatini ularni oxirgi uskunalardan uzib 
qo‘yib tekshirish uchun JP NHR quyidagilarga majbur: 
– amaldagi va zahiradagi aloqa kanallari ish qobiliyatini tekshirish uchun ATEBNdan 
(JP NHBoshlig‘idan) ruxsat olishga; 
– tekshirishni o‘tkazish davrida amaldagi aloqani zaxiralashni belgilangan tartibda 
ta’minlashga; 
– belgilangan uslubiiyat (metodika) bo‘yicha aloqa kanallarining texnik holatini 
tekshirishga (kerakli o‘lchashlarni o‘tkazishga); 
– aloqa kanallaridagi aniqlangan nosozliklarni bartaraf qilishga va ularni sozlashga; 
– aloqa kanallarini tekshirishda aniqlangan barcha kamchiliklar haqida, hamda 
ularning sozlanishiga va to‘g‘rilanishiga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ATEBNga (JP 
NHBoshlig‘iga) bildiruv berishga; 
– kanallarning kommutatsiyasini amaldagi chizmaga mos holda tiklashga; 
– aloqa kanallarini tekshirish va o‘lchashlar natijalarini navbatchilikni olib borish 
(apparat yoki texnik) jurnaliga yozib qo‘yishga. 
Aloqani, QABT va MTT vositalarini qo‘llashga doimiy shay holatda ushlab turish 
maqsadida navbatchi smena shaxsiy tarkibi ularga o‘z vaqtida va yuqori sifatli texnik 
xizmat ko‘rsatishni o‘tkazishga majburdirlar. 
Har qaysi apparaturaga, aloqa liniyasiga, QABT va MTT vositalariga texnik xizmat 
ko‘rsatishda bajariladigan ishlarning mazmuni va ketma-ketligi ularning ekspluatasion 
hujjatlari bilan aniqlanadi. 
Aloqa, QABT va MTT vositalarini ularga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida 
o‘chirib qo‘yish zarur bo‘lgan hollarda JP NHR quyidagilarga majbur: 
zahiradagi aloqa, QABT va MTT vositalarini tekshirishga va ishga tayyorlashga; 
– texnik xizmat ko‘rsatishga tayyorligi haqida ATEBNga (JP NHBoshlig‘iga) 
bildiruv berishga va uning ruxsati bilan aloqani zaxiradagi apparatura(kanal)ga 
o‘tkazishga; 
– texnik xizmat ko‘rsatish yakunlangandan so‘ng aloqa apparaturasi (kanali) ish 
qobiliyatini tekshirib ko‘rishga; 
– ATEBNga (JP NHBoshlig‘iga) bildiruv berishga va uning ruxsati bilan aloqani 
asosiy apparatura(kanal)ga o‘tkazishga; 
– o‘tkazilgan texnik xizmat ko‘rsatishlar haqida navbatchilikni olib borish (apparat 
yoki texnik) jurnaliga yozib qo‘yishga. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling