Aloqa tugunlari
ATni jangovar shaylikning belgilangan darajalariga keltirishda AT navbatchi
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- AT boshlig‘i yetib kelguniga qadar ATBN , keyin esa shaxsan AT boshlig‘i
3.5. ATni jangovar shaylikning belgilangan darajalariga keltirishda AT navbatchi
smenalari shaxslarining majburiyatlari AT jangovar shaylikning belgilangan darajalariga keltirilishi paytida navbatchi smena shaxslarining harakatlariga bevosita rahbarlikni AT boshlig‘i yetib kelguniga qadar ATBN, keyin esa shaxsan AT boshlig‘i amalga oshiradi. ATni jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirilishi haqidagi signal(komanda)ni olishi bilan, ATBN quyidagilarga majbur: – ATni jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirilishi haqida AT boshlig‘ini ogohlashga, ATEBNlarga ATni jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirilishi haqida komanda berishga, ATni jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirilishi haqida aloqani boshqaruv punkti navbatchi ofiseriga bildiruv berishga; 34 – ATning tegishli jangovar shaylik darajasi uchun chizma-buyruqda ko‘zda tutilgan qo‘shimcha aloqalarni o‘rnatish (ochish), kanallarni qabul qilish bo‘yicha ATEBNlarga vazifalarni aniqlashtirishga; – jangovar boshqaruv signallari o‘tishi ustidan va navbatchi smena shaxsiy tarkibining jangovar navbatchilikni olib borishi ustidan nazoratni kuchaytirishga; – rejaga ko‘ra navbatchi smena tarkibini kuchaytirish va ATni qo‘riqlashni tashkillashtirish haqida farmoyish berishga; – aloqa, QABT va MTT vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish, apparaturalarni dastlabki holatga keltirish haqida komanda berishga; – MTT, avariya-tiklash komandasi, tibbiyot punkti va ta’minot punkti holatini va shayligini aniqlashga; – ATni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha qabul qilingan va berilgan barcha farmoyishlar haqida navbatchilikni olib borish jurnaliga yozib borishga. ATEni jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirilishi haqidagi signal(komanda)ni olishi bilan, ATEBN quyidagilarga majbur: – ATEni jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirilishi haqida JPlarni ogohlashga; – aloqa (kanallar) holati, QABT va MTT vositalari holati ustidan, jangovar boshqaruv signallari, o‘ta muhim hujjatli axborotlar va so‘zlashuvlar o‘tishi ustidan nazoratni kuchaytirishga; – aloqa apparaturasi(vositalari)da va kanal(liniya)larida, QABT va MTT vositalarida profilaktika va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini to‘xtatish hamda ularni jangovar shay holatga keltirish haqida, shuningdek zaxiradagi apparatura (kanal), aloqa bog‘lanish liniyalari, QABT va MTT vositalari tekshirilishi va qo‘llashga tayyorlanishi haqida komandalarni berishga; – shaxsiy tarkib(harbiy xizmatchilar, MV ishchi va xizmatchilari)ning navbatchi smenalarni kuchaytirish uchun (tasdiqlangan jangovar navbatchilikni tashkil qilish chizmasiga asosan) o‘z vaqtida yetib kelishini nazorat qilishga; – chizma-buyruqqa va ATBN ko‘rsatmalariga asosan qo‘shimcha aloqalar o‘rnatilishi(ochilishi)ni va kanallar qabul qilinishini shaxsan boshqarishga; – ATEning yashovchanligi uchun kurashish bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilishga tayyor turishga; – ATEni qo‘riqlash va mudofaa qilishni tashkillashtirishga; – ATni jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirish Rejasida ko‘zda tutilgan tadbirlarning ATEda bajarilishi haqida ATBNga bildiruv berishga; – ATEni jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirish bo‘yicha olingan va berilgan farmoyishlar haqida navbatchilikni olib borish jurnaliga yozib borishga. AT jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirilganda JP NHR quyidagilarga majbur: – zahirada va texnik xizmat ko‘rsatishda bo‘lgan aloqa apparatura(vosita)larini va aloqa kanal(liniya)larini ishlatishga tayyorlashga; – ular orqali qo‘shimcha aloqalar (kanallar) qabul qilinishi ko‘zda tutilayotgan bog‘lovchi liniyalar shayligini va sifatini tekshirishga; – signal(komanda)larni qabul qilishga doimiy tayyor turishi lozimligi haqida muxbirlarni ogohlantirishga; 35 – qo‘shimcha aloqalarni o‘rnatish (ochish) va aloqa kanallarini qabul qilish bo‘yicha komandalarni aniq va tez bajarishga; – shaxsiy himoya vositalarini qo‘llashga shay holatga keltirishga; – olingan farmoyishlar va ularni bajarish bo‘yicha harakatlari haqida navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) jurnaliga yozib borishga. Har bir JP NHRning ATni jangovar shaylikning belgilangan darajasiga keltirishdagi aniq majburiyatlari Yo‘riqnomalar bilan, harakatlari ketma-ketligi va ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarish muddatlari esa – har bir JP NHR uchun (navbatchilikni olib borayotgani uchun ham, “Navbatchi smena kuchaytirilgan holda navbatchilikni tashkil qilish chizmasi” bo‘yicha keladiganlari uchun ham) rasmiylashtirilib beriladigan vaqt Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling