Aloqa tugunlari
JP NHR quyidagilarga majbur
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bunda maxsus apparatxona mexanigi quyidagilarga majbur
JP NHR quyidagilarga majbur:
– aloqa, QABT va MTT, signalizasiya va xizmat aloqasi vositalarining sozligini, shuningdek apparatura(vositalar)ning aniq sozlanganligini va ularda o‘rnatilgan ish rejimiga mos kelishini ta’minlashga va belgilangan vaqtlarda bilan nazorat qilib turishga; – aloqa, QABT va MTT vositalarining, aloqa kanal(liniya)larining holatini belgilangan vaqtlarda bilan nazorat qilib turishga; – tasdiqlangan grafik bo‘yicha aloqa kanal(trakt, liniya)larida elektr o‘lchashlarini (xarakteristikalarini olishni) o‘tkazishga, aloqa kanal(trakt, liniya)lari kattaliklarining ko‘rsatilgan ekspluatasion me’yorlarga mos kelmagan hollarda, ularni me’yor ko‘rsatkichlariga keltirish bo‘yicha choralar ko‘rishga; – zahiradagi aloqa kanal(liniya)larini va aloqa, QABT va MTT vositalarini ishlatish uchun doimiy shay holatda ushlab turishga; – aloqaning, QABT va MTT ishining buzilishiga (sifati yomonlashuviga), olib kelishi mumkin bo‘lgan aloqa vositalaridagi nosozliklarni aniqlashga, ularni bartaraf etishga hamda bu haqda NH boshlig‘i (ATEBN)ga bildiruv berishga; – biriktirilgan aloqa, QABT va MTT vosita(apparatura)lariga o‘z vaqtida va yuqori sifatda texnik xizmat ko‘rsatishga; – xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga va bajarishga; – o‘tkazilgan aloqa sifatini, aloqa, QABT va MTT vositalari ishini tekshirishlari natijalari haqidagi yozuvlarni navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) jurnaliga aniq yozib borishga. Aloqa kanalida (qabul qilish apparatida) buzilishlar yoki aloqa uzilishi paydo bo‘lganda, navbatchi telefonist (telegrafist), aloqani (kanalni) maxsus apparatxona mexanigiga tekshirish uchun topshirishga majbur. Bunda maxsus apparatxona mexanigi quyidagilarga majbur: – apparaturaning ish qobiliyatini tekshirishga, agarda buzilish yoki aloqa uzilishi apparaturaning nosozligi tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, aloqani zaxiradagi komplektga o‘tkazishga; 31 – muxbir AT maxsus apparatxonasi mexanigidan o‘z apparaturasining ish qobiliyatini tekshirishni hamda apparaturasi nosoz bo‘lsa uni almashtirishni talab qilishga; – aloqa kanalining asosiy ko‘rsatkichlarini o‘lchab ko‘rishga va agar uning sifati qoniqarsiz bo‘lsa kanalni kanal hosil qilish markazi (stansiyasi) mexanigiga (AT, ATE kanallar krossi mexanigiga) topshirishga; – tegishli ATE oxirgi uskunalar apparatxonasi mexanigidan oxirgi apparaturani almashtirishni talab qilishga (agarda buzilishlar uning nosozligi tufayli bo‘lsa); – o‘z harakatlari natijalari haqida navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) jurnaliga yozib qo‘yishga. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling