Aloqa tugunlari
Navbatchi ekspeditor quyidagilarga majbur
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telegraf markazi (stansiyasi), qabul qilish radiomarkazi, jangovar boshqaruv signallarini qabul qilish (uzatish) jangovar posti NHR quyidagilarga majbur
Navbatchi ekspeditor quyidagilarga majbur:
– kelib tushgan (chiquvchi, kiruvchi) hujjatli axborotlarni tegishli jurnallarda hisobga olishga; – hujjatli axborotlarni uzatish uchun JPlarga jo‘natishdan oldin oluvchilar bilan aloqa holatini aniqlab olishga, va agar aloqa yo‘q bo‘lsa hujjatli axborotni aloqaning aylanib o‘tuvchi yo‘nalishlari orqali uzatish bo‘yicha choralar ko‘rishga; – qo‘mondonlikka manzillanib qabul qilingan hujjatli axborotlar sifatini sinchiklab tekshirishga, ularning kelib tushganligi haqida ATBNga va axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga bildiruv berishga; – hujjatli axborotlarning belgilangan o‘tish muddatlarini bilishga va bajarilishini ta’minlashga; – choparlarning ishini nazorat qilishga hamda hujjatli axborotlarning oluvchilarga va ATning tegishli JPlariga o‘z vaqtida yetkazilishini nazorat qilishga; – o‘ta muhim hujjatli axborotlarni aloqa kanallari orqali uzatishdagi va oluvchilarga topshirishdagi barcha ushlanishlar haqida axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga, ATBNga va JP NHR boshlig‘iga bildiruv berishga. Telegraf markazi (stansiyasi), qabul qilish radiomarkazi, jangovar boshqaruv signallarini qabul qilish (uzatish) jangovar posti NHR quyidagilarga majbur: a) jangovar boshqaruv signallarini uzatishda: – komanda (buyruq) olgandan so‘ng aloqa vositalarini yoqishga va ularning shayligini nazorat qilishga; 29 – signalning blankini olishga, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirishga, belgilangan qoidalar bo‘yicha uzatishga kirishishga; – uzatish tugagach navbatchi hisob boshlig‘iga bildiruv berishga; – uzatilgan signal qabul qilinganligi haqida tasdiq olishga (agrda bu ko‘zda tutilgan bo‘lsa); – signalning blankiga tegishli belgilarni qo‘yishga va uni navbatchi hisob boshlig‘iga berishga; – uzatilgan signalning vaqtini va matnini navbatchilikni olib borish jurnaliga (apparat jurnaliga yoki texnik jurnalga) yozib qo‘yishga. b) jangovar boshqaruv signalini qabul qilishda: – signalni to‘g‘ri qabul qilishga va uni blankka aniq qilib yozishga; – signalni olganligiga tasdiq berishga (agar ko‘zda tutilgan bo‘lsa);zudlik bilan qabul qilingan signalning mazmunini aloqa vositalari orqali boshqaruv punkti tezkor navbatchisiga (keyinchalik signal matnini imzo ostida topshirib) yetkazishga, ATBNga va JP NHR boshlig‘iga bildiruv berishga; – navbatchilikni olib borish jurnaliga (apparat jurnaliga yoki texnik jurnalga) qabul qilingan signalning vaqtini va matnini yozib qo‘yishga (jangovar boshqaruv signali qabul qilingan (uzatilgan) va topshirilgan vaqtlari soat, daqiqa va soniyalarda qayd etiladi). Jangovar boshqaruv signallari hyech qanday navbatsiz, boshqa har qanday axborotlarni uzatishni (qabul qilishni) to‘xtatib qo‘yib qabul qilinadi. a) o‘ta muhim axborotni uzatish(qabul qilish)da: – hujjatli axborotni belgilangan tezlikda va to‘g‘ri uzatish (qabul qilish) lozim; – uzatilgan hujjatli axborotni muxbirlar qabul qilganligi haqida tasdiq olinadi (qabul qilingan hujjatli axborotga tasdiq beriladi); – uzatilgan (qabul qilingan) hujjatli axborot rasmiylashtiriladi; – zudlik bilan smena (navbatchi hisob) boshlig‘iga hujjatli axborot olinganligi haqida bildiruv beriladi; – hujjatli axborotni uzatishdagi (qabul qilishdagi) ushlanishlar haqida JP NH Boshlig‘iga va axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga bildiruv beriladi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling