Aloqa tugunlari
Telefon so‘zlashuvlarini ta’minlanishi nazorati bo‘yicha navbatchi quyidagilarga
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
Telefon so‘zlashuvlarini ta’minlanishi nazorati bo‘yicha navbatchi quyidagilarga
majbur: – telefon so‘zlashuvlarini olib borish uchun aloqa vosita(kanal)larini belgilangan muddatlarda taqdim yetilishini ta’minlashga; – aloqa yo‘nalishlari bo‘yicha telefon so‘zlashuvlarini taqdim etish navbatini ularning shoshilinchliligi va buyurtmalarning soniga bog‘liq holda aniqlashga; – asosiy yo‘nalishlarda aloqa buzilganda telefon so‘zlashuvlarini olib borishni aloqaning aylanib o‘tuvchi yo‘nalishlari orqali ta’minlashga; – telefon so‘zlashuvlarini taqdim etishda belgilangan navbatga amal qilinishini kuzatib borishga; – qo‘mondonlikning so‘zlashuvi kutilayotgani haqida ATEBNlarni oldindan ogohlantirishga, bunday so‘zlashuvlarning ta’minlanishini shaxsan nazorat qilishga va bu haqida axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga bildiruv berishga; – aloqaning holatini va uning telefon so‘zlashuvlarini ta’minlash uchun shaylik darajasini, shuningdek aloqaning aylanib o‘tuvchi yo‘nalishlari holatini doimo bilishga; – navbatchi telefonistlarga shaxsan yo‘riqnoma berishga hamda ularning ishiga rahbarlik qilishga; – telefon so‘zlashuvlarini taqdim etishdagi ushlanishlar yoki umuman ta’minlanmaganligi sabablarini aniqlashga, bular haqida ATBN va axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga bildiruv berishga; – o‘z boshqaruv punkti abonentlari ro‘yxatidagi o‘zgarishlar haqida yuqori turuvchi AT navbatchi smenasining tegishli shaxslariga o‘z vaqtida xabar berishga. 28 ATEBN quyidagilarga majbur: – jangovar boshqaruv signallarining, barcha turdagi axborotlarning belgilangan nazorat muddatlarida o‘tishini ta’minlash bo‘yicha, hamda aloqaning, aloqa, QABT va MTT vositalarining, aloqa kanal(liniya)larining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha AT elementi navbatchi smenasi harakatlariga rahbarlik qilishga; – jangovar boshqaruv signallari, o‘ta muhim axborotlar qabul qilinganligi va uzatilganligi haqida ATBNga (axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga) bildiruv berishga; – jangovar boshqaruv signallarini, o‘ta muhim axborotlarni uzatish (qabul qilish) uchun va qo‘mondonlikka so‘zlashuvlarni ta’minlash uchun aloqa(apparatura, kanallar)ning shayligini shaxsan tekshirishga; – barcha turdagi axborotlarni uzatish (qabul qilish) bo‘yicha JP NHRlari harakatlarini belgilangan davriylikda nazorat qilishga; – aloqa yo‘nalishlari yuklamasiga (nagruzka) qarab, AT elementiga kelib tushayotgan hujjatli axborotlarni JP(stansiya)larga taqsimlanishiga rahbarlik qilishga; – qabul qilingan hujjatli axborotni ekspedisiyaga (oluvchiga) o‘z vaqtida yetkazilishini kuzatishga; – aloqa yo‘nalishlarida yuklama birdaniga oshib ketganda ularni boshqa (kamroq yuklamadagi) aloqa yo‘nalishlari mutaxassislari hisobidan kuchaytirishga; – jangovar boshqaruv signallarining, o‘ta muhim axborotlarning ushlanishi, qo‘mondonlik so‘zlashuvlari ta’minlanmaganligi, aloqa va axborot xavfsizligining, maxfiylik rejimining buzilishi sabablarini aniqlashga; – jangovar boshqaruv signallarining, o‘ta muhim axborotlarning barcha ushlanishlari haqida ATBNga (axborotlarning o‘tishi nazorati bo‘yicha navbatchiga) bildiruv berishga. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling