Aloqa tugunlari


Daladagi (harakatdagi) ATBN quyidagilar uchun javob beradi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

Daladagi (harakatdagi) ATBN quyidagilar uchun javob beradi: 
– uzluksiz aloqa bilan ta’minlash uchun; 
– AT navbatchi smenasining jangovar navbatchilikni o‘tashi uchun; 
– jangovar boshqaruv signallarining, barcha turdagi axborotlarning belgilangan 
muddatlarda o‘z vaqtida o‘tishi uchun; 
– qo‘mondonlikka va boshqa mansabdor shaxslarga amaldagi me’yorlarga mos 
holdagi telefon so‘zlashuvlarini ta’minlash uchun; 
– texkor-texnik xizmat hujjatlarining yuritilishi uchun. 
Axborotning o‘tishini nazorat qilish bo‘yicha navbatchi quyidagilarga majbur: 
– axborotlarning belgilangan nazorat vaqtlarida o‘tishini ta’minlashga, ularning o‘z 
vaqtida manziliga topshirilishini kuzatishga, qo‘mondonlikka manzillanib qabul qilingan 
hujjatli axborotlarning sifatini shaxsan tekshirishga; 
– boshqaruv punkti mansabdor shaxslariga telegraf kanallari orqali so‘zlashuvlarni 
ta’minlanishini nazorat qilishga; 
– aloqa yo‘nalishlari bo‘yicha axborot oqimini ularning shoshilinchliligi va soniga 
bog‘liq holda tartibga solib turishga (boshqarib turishga); 


27 
– asosiy yo‘nalishlarda aloqa buzilganda axborotlarning uzatilishini aloqaning 
aylanib o‘tuvchi yo‘nalishlari orqali ta’minlashga; 
– axborotlarni uzatishda (qabul qilishda) navbatga rioya qilinishini va ularning 
belgilangan o‘tish muddatlariga rioya qilinishini kuzatib borishga; 
– niqoblovchi almashinuv reja-grafigiga asosan ekspedisiyaga niqoblovchi 
radiogrammalarni topshirishga, ularning rasmiylashtirilishini va o‘tishini nazorat qilishga; 
– boshqaruv punkti tezkor navbatchisi va shifrlash organi bilan uzviy hamkorlikni 
ushlab turishga; 
– ATEBNlarni qabul qilinishi kutilayotgan jangovar boshqaruv signallari va o‘ta 
muhim axborotlar haqida oldindan ogohlantirishga; 
– shifrlash organini ATga o‘ta muhim hujjatli axborot kelganligi haqida 
ogohlantirishga; 
– aloqaning holatini hamda uning axborotni uzatishga (qabul qilishga) va 
so‘zlashuvlarni ta’minlashga shayligi darajasini, shuningdek aloqaning aylanib o‘tuvchi 
yo‘nalishlari holatini doimo bilishga; 
– navbatchi ekspeditorlarga shaxsan yo‘riqnoma berishga va ularning ishini nazorat 
qilib borishga; 
– jangovar boshqaruv signallarini, o‘ta muhim axborotlarni uzatishdagi (qabul 
qilishdagi) ushlanishlar sababini aniqlashga, ular haqida ATBNga va aloqani boshqarish 
punkti navbatchi ofiseriga bildiruv berishga; 
– o‘z boshqaruv punkti manzillari ro‘yxatidagi o‘zgarishlar haqida yuqori turuvchi 
AT navbatchi smenasi shaxslariga o‘z vaqtida xabar berishga; 
– o‘ta muhim axborotlarning o‘tishi hisobini yuritishga. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling