Aloqa tugunlari


AT va boshqaruv punktlari mansabdor shaxslari pozivnoylari jadvallari


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

AT va boshqaruv punktlari mansabdor shaxslari pozivnoylari jadvallari
telegraf va telefon so‘zlashuvlarini olib borish huquqiga ega mansabdor shaxslar 
ro‘yxatlari, AT telefon stansiyalari abonentlari ro‘yxatlari yuqori turuvchi shtab 
tomonidan ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va ATga jo‘natiladi. O‘zgarishlar bo‘lganda 
ro‘yxatlar AT boshlig‘i tomonidan aniqlashtiriladi. 
Antenna qurilmalarining azimutal chizmalari ATning qabul qiluvchi va uzatuvchi 
radiomarkazlarida ishlab chiqiladi (faqat statsionar ATlar uchun). 
Chizmaga quyidagilar tushiriladi: 
antenna qurilmalari, shu jumladan zaxiradagi tezda tiklanuvchi ham 
(antennalarning turi, shartli raqamlari va ishchi chastotalar diapazonlari, ularning 
yo‘naltirilganlik diagrammasi azimutlari ko‘rsatilgan holda); 
– fider va antennalarni kommutatsiyalash qurilmalari (antenna kommutatorlari
transformatorlari va qayta ulagichlari); 
– radioaloqa yo‘nalishlariga antenna-fider qurilmalarining biriktirilishi va turli 
vaziyat sharoitlarida antenna qurilmalarini ishlatish mumkin bo‘lgan variantlar. 
Kanallarni taqsimlash jadvallari har qaysi yuqori chastotali telefonlash va tonal 
telegraflash tizimi uchun AT chizma-buyrug‘iga asosan tuziladi. 
Davlat aloqa tarmog‘idan ijaraga olingan tonal chastota kanallari hisobi jurnali 
AT kanal hosil qilish markazida yuritiladi (faqat statsionar ATlar uchun). 
Har qaysi uzatish tizimiga va magistral aloqa kabel liniyasiga pasport (faqat 
statsionar ATlar uchun) ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish uchun javobgar bo‘lgan 
tashkilot vakili tomonidan, uzatish tizimini ishga tushirishda belgilangan shaklda 
rasmiylashtiriladi. 
Keyinchalik, ATE bosh muhandisi (muhandisi) tomonidan pasportga aloqa va QABT 
vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rahbariy hujjatlar bilan belgilangan 
davriylikda o‘tkaziladigan uzatish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish davomida o‘tkazilgan 
o‘lchashlar natijalari kiritiladi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling