Aloqa tugunlari


Buyruqnomalar (farmoyishlar) jurnali


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

Buyruqnomalar (farmoyishlar) jurnaliga bajarilish yoki amal qilish muddati bir 
sutkadan ko‘p bo‘lgan buyruqnomalar (farmoyishlar) yoziladi. Jurnal ATEBN (ATBN)da 
turadi va shaxsan uning o‘zi tomonidan yuritiladi. 
Bog‘lanish va ulanish aloqa liniyalari chizmasi AT uchun va har bir ATE uchun 
ishlab chiqiladi. Chizmada quyidagilar ko‘rsatiladi: 
– turlari va shartli raqamlari ko‘rsatilgan holda aloqa kabellari trassalari va 
yotqizilish sharoitlari; 
– xizmat ko‘rsatiluvchi va xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirish punktlari va 
kommutatsiyalash punktlari; 
– ekspluatasion qo‘riqlash uchastkalari; 
– qo‘llanilayotgan kanal hosil qiluvchi apparatura turlari va tezkor raqamlari; 
– boshqa zarur ma’lumotlar. 
AT (ATE, JP) elektr ta’minoti chizmasida quyidagilar ko‘rsatiladi: 
– davlat energiya tizimining transformator podstansiyalari, tarqatish qurilmalari va 
tarqaluvchi liniyalari bilan; 
– davlat energiya tizimining transformator podstansiyasidan AT transformator 
podstansiyasigacha (asosiy tarqatuv punktigacha) ozuqa oluvchi kabel (havo) liniyalari
kabelning (simning) markasi, kesimi va uzunligi ko‘rsatilgan holda; 
– shinalar seksiyalari raqamlari va ulardagi kuchlanishlar; kommutasion apparatura 
va uning turi; tarqaluvchi kabel liniyalari markasi, kesimi, soni va uzunligi; tok 
transformatorlari turi va ulardagi kuchlanish kattaligi ko‘rsatilgan holda AT transformator 
podstansiyasining 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishli tarqatuv qurilmalari; 


41 
kuchli tok transformatorlari, ularning tartib raqami, turi, quvvati, 
o‘ram(obmotka)larining ulanish chizmasi; 
– shinalar seksiyalari raqamlari va ulardagi kuchlanishlar, tarqatuv (kuchli tok) 
qalqonlariga tarqaluvchi liniyalar kommutatsiya apparatlari bilan, o‘lchov uskunalari
zaxiralash liniyalari ko‘rsatilgan holda bevosita ATda joylashgan asosiy tarqatuv qalqoni; 
– turi, quvvati va kommutatsiya apparaturasi ko‘rsatilgan holda avtonom dizel-elektr 
stansiyasi; 
– turi va quvvati ko‘rsatilgan holda kafolatlangan (uzluksiz) ta’minot qurilmasi; 
– turlari ko‘rsatilgan holda to‘g‘rilash qurilmalari; 
– turlari va kuchlanishlari ko‘rsatilgan holda akkumulator batareyalari; 
– tarqatish (kuchli tok) qalqonlari (kommutatsiya apparaturasi bilan), ular o‘rnatilgan 
joylar va elektr energiyasi iste’molchilari. 
AT elektr ta’minoti chizmasi AT bosh (katta) muhandisi tomonidan, ATE (JP) uchun 
esa – ushbu MTT tarkibiga kiruvchi ATE boshlig‘i (muhandisi) tomonidan ishlab chiqiladi 
va imzolanadi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling