Aloqa tugunlari


Hujjatli axborotlarni uzatish uchun aloqa chizmasi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

Hujjatli axborotlarni uzatish uchun aloqa chizmasi AT chizma-buyrug‘iga asosan 
ishlab chiqiladi. Chizmada hujjatli axborotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan aloqalar 
aloqaning aylanib o‘tuvchi yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda aks yettiriladi. 


42 
Jangovar boshqaruv signallarining o‘tishi hisobi jurnali jangovar boshqaruv 
maxsus aloqa posti NHBoshlig‘i tomonidan yuritiladi, unga ATning bevosita signallarni 
uzatilishini (qabul qilinishini) ta’minlovchi barcha elementlaridan bildiruvlar kelib tushadi. 
ATda jangovar boshqaruv maxsus aloqa posti bo‘lmagan taqdirda, ushbu jurnalni yuritish 
AT boshlig‘i tomonidan jangovar boshqaruv signallarining o‘tishi nazorati uchun javobgar 
etib tayinlangan navbatchi smena mansabdor shaxsiga yuklatiladi. 
Telegraf xizmatini ko‘rsatish uchun ATga biriktirilgan harbiy qism va 
muassasalar kitobi telegraf stansiyasiga ega bo‘lgan har bir statsionar ATda yuritiladi. 
Navbatchi smenaning shtatdan tashqari o‘t o‘chirish komandasi jangovar hisobi 
shtatdagi (shtatdan tashqari) yong‘inga qarshi himoya va qutqaruv ishlari xizmati boshlig‘i 
tomonidan tuziladi va AT boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Unda shtatdan tashqari o‘t 
o‘chirish komandasining tarkibi, o‘tni o‘chirish bo‘yicha majburiyatlari hamda o‘t 
o‘chirish va shaxsiy himoya vositalari bilan qurollanishi ko‘rsatib o‘tiladi. 
O‘t o‘chirish qurilmalarining va avariyaviy-qutqaruv jihozlarining joylashuvi 
chizmasi ATning shtatdagi (shtatdan tashqari) yong‘inga qarshi himoya va qutqaruv ishlari 
xizmati boshlig‘i tomonidan tuziladi. Unda barcha mavjud o‘t o‘chirish, shaxsiy himoya 
vositalari, avariyaviy-qutqaruv jihozlari, ularning soni va AT xonalari bo‘ylab joylashuvi 
ko‘rsatiladi. 
MTT markazi shaxsiy tarkibini mashq qildirish grafigi (faqat statsionar ATlar 
uchun) elektr ta’minot va hayotni ta’minlash markazi (ATE) boshlig‘i tomonidan tuziladi 
va AT bosh (katta) muhandisi tomonidan imzolanadi. Unda mashqlar ro‘yxati, ularni 
o‘tkazish vaqtlari, ularni bajarish bo‘yicha me’yoriy vaqtlar va o‘tkazilishi uchun mas’ul 
shaxslar ko‘rsatiladi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling