Aloqa tugunlari
Akkumulator batareyasi jurnali
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dizelning mashina jurnali
Akkumulator batareyasi jurnali (faqat statsionar ATlar uchun) har bir akkumulator
batareyasi uchun bo‘lishi lozim. Jurnalda o‘tkazilgan xizmat ko‘rsatish (ko‘rikdan o‘tkazish) va bajarilgan ishlar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi. Dizelning mashina jurnalida uning ishlagan vaqti va ishchi parametrlarini o‘lchash natijalari qayd etiladi. AT JPlari ushbu JPda vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan qo‘llanmalar, nizomlar; aloqa, QABT va MTT vositalarining ekspluatasion-texnik hujjatlari; aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha buyruq va direktivalardan ko‘chirmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Uncha ko‘p bo‘lmagan aloqalarni va cheklangan axborot alashinuvini ta’minlaydigan ATlarda, ushbu AT bo‘ysunuvchi aloqa boshlig‘ining qarori bilan, hujjatlarning ma’lum bir qismi bitta hujjatga birlashtirilishi mumkin, ushbu hujjatda birlashtirilgan hujjatlarning mazmuni aks etishi lozim. Ushbu “Qoidalar”da keltirilgan tezkor-texnik hujjatlaridan tashqari, aloqani tashkil qilish va ta’minlash bo‘yicha, ATEni, alohida apparatxonani, aloqa apparaturasi va kanal(liniya)larini, QABT va MTT vositalarini jihozlash va ishlatish bo‘yicha amaldagi qo‘llanma, nizom, qoida va yo‘riqnomalar belgilab beriladigan boshqa hujjatlar ham yuritiladi. Bundan tashqari, O‘R QK turlari aloqa boshliqlari qarori bilan, ushbu QK turi ATda tezkor-texnik xizmatni tashkil qilishning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi qo‘shimcha hujjatlar ham ishlab chiqilishi va yuritilishi mumkin. 43 Uchinchi bo‘lim nazorat savollari 1. ATni navbatchi smenasi shaxslarining majburiyatlari. 2. Daladagi (harakatdagi) ATBN majburiyatlari. 3. ATEBN majburiyatlari. 4. Telefon markazi (stansiyasi) JP NHR majburiyatlari. 5. JP NHR majburiyatlari. 6. ATni tezkor-texnik xizmat bo‘yicha hujjatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling