Ishchi xaritaga quyidagilar tushiriladi:
– aloqa ta’minlanayotgan o‘z birlashmasi (qo‘shilmasi), yuqori shtab, bo‘ysunuvchi
va o‘zaro hamkorlik qiluvchi qo‘shinlar boshqaruv punktlarining ATlari;
– tayanch ATlari (davlat aloqa tarmog‘i kanallarini ajratish punktlari), ularga
bog‘lanish liniyalari;
– simli, radioreley, troposfera aloqa liniyalarining trassalari, ularning kimga
taalluqliligi, turlari va shartli raqamlari, xizmat ko‘rsatiluvchi va xizmat ko‘rsatilmaydigan
kuchaytirish punktlari, ekspluatasion qo‘riqlash uchastkalari;
– qo‘llanilayotgan kanal hosil qilish apparaturalarining turlari va tezkor raqamlari;
– alohida joylashgan ATElari va kommutatsiya punktlari joylashgan joylari; ulash
liniyalari va masofadan boshqaruv liniyalari;
– boshqaruv va ogohlash signallari;
– radiasion va kimyoviy holat va boshqa zarur ma’lumotlar.
Navbatchilikni olib borish grafigi navbatchi smenalar va hisoblarning familiyalari
ko‘rsatilgan holdagi tarkibini, ular tomonidan navbatchilikni olib borish navbatini va
kalendar muddatlarini belgilaydi.
ATda navbatchilikni olib borish grafigi ATBoshlig‘ining tezkor-texnik xizmat
bo‘yicha o‘rinbosari (ATni boshqarish punkti boshlig‘i) tomonidan tuziladi va AT
boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Unga ATBNlar qo‘shiladi.
ATE(JP)da navbatchilikni olib borish grafigi ATE (JPlar navbatchi hisoblari)
navbatchi smenalari shaxsiy tarkibining barchasini o‘z ichiga oladi hamda ATE(AT)
boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Jangovar boshqaruv signallari va barcha turdagi axborotlar o‘tishining nazorat
vaqtlari har qaysi ATda ishlab chiqiladi va AT bo‘ysunuvchi shtab boshlig‘i tomonidan
tasdiqlanadi.
Ushbu nazorat vaqtlari yuqori turuvchi boshliqlarning direktivali ko‘rsatmalarida
belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim.
Aloqani o‘rnatish (qayta tiklash) hamda aloqa va QABT vositalarida ishlash bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |