Aloqa tugunlari


ATning kanal hosil qilish chizmasi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

ATning kanal hosil qilish chizmasi aloqa boshqarmasi (bo‘limi, bo‘linmasi) 
tomonidan, yuqori turuvchi shtabning farmoyish va ko‘rsatmalariga asosan ishlab chiqiladi 
hamda tegishli aloqa boshlig‘i tomonidan imzolanadi. 
Chizmada quyidagilar ko‘rsatiladi: 
– ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tranzit uzatish tizimlariga ega bo‘lgan ATlar, 
radiouzatish markazlari, radio qabul qilish markazlari, signallarni kommutatsiyalash 
stansiyalari va xizmat ko‘rsatiluvchi kuchaytirish punktlarining shartli raqamlari; 
– ularning kabel liniyalari yo‘nalishlari, turlari va uzunliklari; 
– tarmoqlovchi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirish punktlari va ularning 
raqamlari; 
– qo‘llaniladigan aloqa apparatura(vosita)lari turlari va ular yordamida hosil qilingan 
uzatish tizimlarining shartli raqamlari. 
“AT(ATE, JP) jangovar shaylikning belgilangan darajalariga keltirilganda 
bajariladigan tadbirlarning vaqt grafigi” yuqori turuvchi shtab tomonidan tasdiqlangan 
“ATni jangovar shaylikka keltirish rejasi”ga asosan ishlab chiqiladi va AT (ATE) boshlig‘i 
tomonidan imzolanadi. 
Vaqt grafigida quyidagilar aks ettiriladi: 
– “ATni jangovar shaylikka keltirish rejasi”da ko‘zda tutilgan aniq tadbirlarning 
bajarilish ketma-ketligi va muddatlari, shu jumladan shaxsiy tarkibni ogohlash va yig‘ish; 
– JPlar navbatchi hisoblari tarkibini kuchaytirilishi; 
– amaldagi aloqa apparatura(vosita)sini, kanal(liniya)sini, QABT va MTT 
vositalarini tekshirilishi va zaxiradagilarini qo‘llashga shay holatga keltirilishi; 
– yuqori turuvchi, bo‘ysunuvchi va o‘zaro hamkorlikdagi ATlar bilan aloqa 
o‘rnatilishi bo‘yicha tadbirlar; 
– davlat aloqa tarmog‘idan kanallarni (birinchi va ikkinchi navbatdagi) qabul 
qilinishi bo‘yicha tadbirlar; 
– avariya-tiklash komandalarini shaylikka keltirilishi va boshqa tadbirlar. 


38 
Vaqt grafiklari “ATning tadbirlarning bajarilish grafigi”ga asosan ishlab chiqiladi va 
qo‘shimcha ravishda faqatgina ushbu ATEda va JPlarda bajariladigan tadbirlarni o‘z ichiga 
oladi. 
AT(ATE, JP)da aloqa apparatura (vosita) larini, kanal (liniya) larini va QABT 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling