Harbiy ish asoslari


Download 28.26 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi28.26 Kb.
#1776130
  1   2   3
Bog'liq
10-sinf. 18-dars. Kengaytirilgan bayonnoma


18-dars. 10-sinf.
5-bo`lim.HARBIY ISH ASOSLARI.

1-mavzu. Umumqoʻshin jangi asoslari.
1-mashgʻulot. Jang haqida tushuncha. Zamonaviy umumqoʻshin jangining tavsifi, uning maqsadi. Zamonaviy umumqoʻshin jangining asosiy turlari. Askarning jangdagi majburiyatlari. Uning ekipirovkasi.
Maqsadi. Oquvchilarga zamonaviy umumqo`sinlar janggi to`g`risida tushuncha berish. Ularni jasurlik, topqirlik ruzida tarbiyalash.
Uslubi. Suxbat.
O`quv savollari. 1.Jang haqida tushuncha. 2. Zamonaviy umumqoʻshin jangining tavsifi, uning maqsadi. 3.Zamonaviy umumqoʻshin jangining asosiy turlari. 4.Askarning jangdagi majburiyatlari. 5.Uning ekipirovkasi.
Vaqti.45 daqiqa.
Joyi. CHQBT xonasi.
O`MT.Darslik, plakatlar va mavzuga oid boshqa jixozlar.


Darsni o`iish tartibi va uslubiy tavsiyalar
Kirish qismi.


Asosiy qism.
Taktika - harbiy san`atning tarkibiy qismi hisoblanadi. U qismlar va bo`linmalar tomonidan jangni tayyorlash va olib borish nazariyasi va amaliyotini qamrab oladi.
Taktika armiya paydo bo`lishi bilan dunyoga kelgan. Uning taraqqiy etishi qurol-yaroqlarning takomillashuvi, qurolli kurashning yangi vositalarini paydo bo`lishi, jangovar texnikaning ko`payishi, qo`shinlar shaxsiy tarkibining sifat o`zgarishi bilan bog`liqdir.
Taktik tayyorgarlik - bu qismlar va bo`linmalar shaxsiy tarkibini jangni tayyorlashga va uni olib borishga o`rgatishdir. U o`ziga jang nazariyasini, chet el armiyalari qism va bo`linmalarining tuzilishi, qurollanishi va jangovar imkoniyatlarini, jangda harakatlanish usul va qoidalarini o`rganish, shaxsiy tarkibni jangovar texnika va qurol-yarog`lardan turli sharoitlarda mohirlik bilan foydalana olishlikka o`rgatishni biriktiradi.


1-o`quv savoli. Jang haqida tushuncha.
Jang - bu urushayotgan tomonlar bo`linmalari va qismlarining tashkiliy qurolli to`qnashuvidir. Jang g`alabani qo`lga kiritishning yagona vositasidir. Jangning maqsadi aniq hududda qisqa vaqt ichida dushmanini yo`q qilish yoki asirga olishdir.

Download 28.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling