Harbiy ish asoslari


-o`quv savoli. Askarning jangdagi majburiyatlari


Download 28.26 Kb.
bet3/3
Sana15.11.2023
Hajmi28.26 Kb.
#1776130
1   2   3
Bog'liq
10-sinf. 18-dars. Kengaytirilgan bayonnoma

4-o`quv savoli. Askarning jangdagi majburiyatlari.
Jangchining zamonaviy jangdagi roli va ahamiyati juda kattadir. Jangdagi g`alaba alohida askar, tank ekipaji, artillerriya vositasi rascheti va boshqalarning muvaffaqiyatli harakatlaridan hosil bo`ladi. Har bir jangchi dushmanning jonli kuchi va jangovar texnikasidan qanchalik darajada ko`pini safdan chiqarsa, bo`linma harakati shunchalik darajada yuqori bo`ladi.
Dushman ustidan g`alaba qozonish har bir jangchining o`zini quroli va jangovar texnikasini mukammal bilishni va ulardan jangda mohirona foydalana bilishlikni talab qiladi.
Askarning jangdagi majburiyatlari Quruqlikdagi qo`shinlarning Jangovar Nizomida belgilab berilgan: askar guruhining, jangovar guruhsining va o`zining vazifasini bilishlikka; dushman tanklar va boshqa jangovar mashinalarining jangovar imkoniyatlari va nozik joylarini bilishlikka; doimo kuzatuv olib borishga va aniqlangan dushman to`g`risida komandirga bildirgi berishlikka; hujumda jasurlik va qat`iylik bilan, mudofaada esa chidam va matonat bilan harakat qilishga; barcha vositalar bilan dushmanni yo`q qilishga, tashabbus va topqirlik ko`rsatish; o`rtog`iga yordam berishga; tezlik bilan handaq va panalar jihozlay olishlikka; minalar o`rnata olish va ularni zararsizlantira olishlikka; dushman samolyotlarini va vertolyotlarini ajrata olishlikka; komandirni jang maydonida himoya qilishga, agar u safdan chiqsa boshqaruvni o`z qo`liga olishlikka; komandirining ruxsatisiz o`z joyini tark etmaslikka majburdir.
Agar askar tibbiy punktga borishga buyurilsa, u o`zi bilan qurolini olishi shartdir.
Askar o`q-dorisini ishlatilishini nazorat qilishi va o`qning yarmi tugaganda bu haqda komandirga bildirgi berishligi shartdir.






1-rasm. Askarning ekipirovkasi.



5-o`quv savoli. Askarning ekipirovkasi.


Jangovar guruhdagi har bir askar AK-74 (AKM) avtomati bilan qurollanadi. Bundan tashqari askarning ekipirovkasiga o`qdon va granatalar uchun sumkalar, chexolga solingan sapyorlar kichik belkuragi va anjomlar haltasi kiradi. Askarning anjomlar xaltasida plash-chodra, qo`shinlarning himoya jamlanmasi, gazniqob, qozoncha (kotelok), krujka, qoshiq, yozuv anjomlari, oyoq kiyimini tozalash va moylash anjomlari, uch kunlik quruq ovqat, pardoz buyumlari, yakka tartibdagi dori qutisi mavjud bo`ladi.
Yakuniy qism.


23-IDUM CHQBT raxbari: A.Bo`tayev


Download 28.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling