Aloqa tugunlari
Navbatdagi smenaning navbatchilikka tushishi haqidagi AT boshlig‘i buyrug‘i
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- AT navbatchi smenasi
Navbatdagi smenaning navbatchilikka tushishi haqidagi AT boshlig‘i buyrug‘i
navbatchilikka tushishdan bir kun oldin chiqariladi. Buyruqda quyidagilar ko‘rsatiladi: – navbatdagi smenaning tarkibi va vazifalari; – navbatchilikka tushish sanasi, vaqti va uni olib borish davomiyligi; – navbatchi smena shaxsiy tarkibining kiyim-bosh rusumi. Navbatchilikka tushish haqidagi buyruqda navbatchi smenaning barcha shaxsiy tarkibi harbiy unvoni, familiyasi va ismi-sharifi, navbatchilikni olib boradigan JP raqamlari 18 va jangovar hisob tarkibidagi raqamlari ko‘rsatilgan holda ko‘rsatib o‘tiladi. Buyruqlar navbatchi smenaning barcha shaxsiy tarkibiga yetkaziladi. Navbatchi smena shaxslariga Yo‘riqnomalarda navbatchi smena mansabdor shaxslarining va JP NHRining quyidagi holatlar bo‘yicha harakatlari aniq qilib ko‘rsatilishi lozim: – navbatchilikni qabul qilish (topshirish); – jangovar boshqaruvning buyruqlarini, farmoyishlarini va boshqa komandalarini uzatish (qabul qilish); – barcha turdagi axborotlarning o‘z vaqtida o‘tishini ta’minlash; – aloqani o‘rnatish; – aloqa va MTT vositalarini mo‘ljallanishi bo‘yicha foydalanishga doimiy shay holatda ushlab turish; – buzilgan aloqalarni, aloqa va MTT vositalarini tiklash; – AT, uning elementlari, JPlari yashovchanligi uchun kurashish (yong‘in chiqqanda, suv bosganda, xonalar gazlanganda, tabiiy ofatlarda); AT jangovar shaylikning belgilangan darajalariga keltirilganda. AT navbatchi smenasi ATBP navbatchi hisobidan va AT elementlari navbatchi smenalaridan iborat bo‘ladi. Har bir AT elementining navbatchi smenasi ATEBP navbatchi hisobidan va JPlar navbatchi hisoblaridan iborat bo‘ladi. AT navbatchi smenasi tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: – ATBN; – ATEBN; – JPNH boshliqlari; – jangovar boshqaruv signallarini uzatish (qabul qilish) apparatxonalari (postlari) radiotelegrafistlari (radiooperatorlari); – uzatuvchi va qabul qiluvchi radiomarkazlar, radiobyurolar radiomexaniklari (radiotelegrafist, radiooperator, dispetcher, elektromontyor); – aloqa va axborot xavfsizligi nazorati punkti mutaxassislari; – axborot va telekommunikatsiya vositalari bo‘yicha mutaxassislar; – radioaloqaning texnik nazorati punkti va chastota-dispetcherlik posti radiomexaniklari; – antenna-fider qurilmalari bo‘yicha mutaxassislar; – kosmik aloqa markazi (stansiyasi) mexaniklari; – kanal hosil qilish markazi mexaniklari; – kross mexaniklari; – telefon aloqasi maxsus apparatxonalari mexaniklari; – ATS mexaniklari; – telefonistlar; – telefon aloqasining chetki qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar; – ma’lumotxona xizmati navbatchilari; – ta’mirlash byurosi navbatchilari; – telegraf, telekodli va faksimil aloqasi maxsus apparatxonalari mexaniklari; – kanallarni va xabarlarni kommutatsiyalash markazi mutaxassislari; – telegrafistlar; – ekspeditorlar; 19 – choparlar; – liniya qarovchilari; – MTT tizimilariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar (elektromexaniklar, akkumulatorchilar va b.); – texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash guruhlari (postlari) mexaniklari. AT JPlari NHRga tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan, mustaqil ravishda nabatchilikni olib borishga ruxsat etilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha belgilangan kvalifikasion guruhga ega bo‘lgan AT shaxsiy tarkibi tayinlanadi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling